Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

2. 
Aqli rasolik 
Aqli rasolik, bu jinoyat sub’yektining zaruriy belgilaridan biridir. 
Jinoyat kodeksining 18-moddasida: «Jinoyat sodir etish vaqtiida o‘z 
qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o‘z harakatlarini 


153
boshqara olgan shaxs aqli raso deb topiladi», deyiladi. Shunga ko‘ra 
“Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo‘lgan, 
ya’ni surunkali ruhiy kasalligi, ruhiy holati vaqtincha bo‘zilganligi, aqli 
zaifligi yoki boshqa tarzdagi ruhiy kasalligi sababli o‘z harakatlarining 
ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan shaxs 
javobgarlikka tortilmaydi”(Jinoyat kodeksining 18-moddasi 2-qismi). 
Lekin bu aqli noraso shaxsga qilmishi uchun hech qanday chora 
ko‘rilmaydi, degani emas. 
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan va sud tomonidan aqli noraso 
deb topilgan shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari 
qo‘llanilishi mumkin(18-modda 3-qismi). 
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari bemor shaxsga hukm e’lon 
qilingunga qadar yoki belgilangan jazoni o‘tayotgan vaqtida yoki 
ozodlikda qoldirilgan, ammo uning harakatlari atrofidagilarga xavf 
tug‘dirganida, qo‘llaniladi. 
Aqli norasolik 2 ta: yuridik va tibbiy mezonlar bilan ifodalanadi. 
Shaxsni aqli noraso deb topish uchun har ikki mezon bir vaqtda 
mavjud bo‘lishi shart. Har qanday ishdagi yuridik ko‘rsatkich, ya’ni 
jinoyatni sodir etgan shaxs haqiqatan o‘z harakati va uning oqibati uchun 
javob bera oladimi yoki yo‘qmi, degan masalalar sud tomonidan to‘la 
aniqlanishi kerak. 
Tibbiy ko‘rsatkich belgilariga ega bo‘lgan ruhiy kasalliklarga: 
a. 
surunkali ruhiy kasallik
b. 
vaqtinchalik ruhiy kasallik; 
c. 
aqlning pastligi; 
d. 
kasallikning boshqa holatlari kiradi .
Surunkali boshqa kasallik davolab bo‘lmaydigan yoki qiyin 
davolanadigan ruhiy kasallik bo‘lishi mumkin. Masalan, shizofreniya, 
progressiv falajlik, paranoyya, epilepsiya, bosh miya siflisi (yallig‘lanishi) 
va hokazo. 
Vaqtinchalik ruhiy kasallik ruhiy holatning vaqtinchalik buzilishi 
bo‘lib, shaxs keyinchalik sog‘ayib ketadi, masalan, belaya goryachka — 
umumiy yuqumli kasalliklar davridagi ruhiy kasallik va hokazo. Aqlning 
pastligi yoki oligofreniya — tug‘ma yoki tug‘ilish vaqtida inson ruhiy 
holatining ishdan chiqishi. 
Aqlning pastligi uch darajaga bo‘linadi: yengil darajali 
debillik(imbetsilnost), o‘rta daraja(idiotiya), to‘la, ya’ni aqliy 
qobiliyatning ishdan chiqishi. 


154
Kasallikning boshqa holatlari inson ruhiyatining ruhiy kasalliklardan 
tashqari holatdagi buzilishidir. (Masalan, giyohvandlik vositasini 
vaqtincha iste’mol qilmaslik tufayli ro’y beradigan ruhiy holat, yuqumli 
kasallik vaqtidagi ruhiy yetishmaslik). 
Aqli norasolikning yuridik mezoni shundan iboratki, bunda shaxs o‘z 
harakatlari to‘g‘risida o‘ziga hisob bera olmaydi(intellektual belgi) va o‘z 
harakatlarini boshqara olmaydi. Yuridik mezonning intellektual belgisi 
shuni bildiradiki, bunda shaxs o‘z harakatini, uning gayriqonuniy va 
jamoat uchun xavfli ekanligini tushunmaydi. Shaxsni aqli noraso deb 
topish uchun qonun bo’yicha tibbiy va yuridik mezonlar aniqlanishi lozim. 
Ko‘pchilik hollarda, agar shaxs o‘z harakatlari to‘g‘risida o‘ziga hisob 
bera olmas ekan, o‘z harakatlarini ham boshqara olmaydi. Biroq sud-
tergov amaliyotida shaxs o‘z harakatlari yuzasidan hisob bera oladi, lekin 
uni boshqara olmaydigan holatlar ham kuzatilgan. Masalan, shaxs 
giyohvandlik vositasini iste’mol qilishi kerak bo‘lgan vaqtda uni topa 
olmasa, har qanday harakatni sodir etishga, shu jumladan, dorixonaga 
o‘g‘irlikka kirishga ham qodir bo‘ladi. Bunda giyohvand jinoyat 
qilayotganligi to‘g‘risida o‘ziga hisob beradi, lekin o‘z harakatlarini 
boshqara olmaydi. Bu hollarda tibbiy ko‘rsatkichlardan birining 
mavjudligi shaxsni aqli noraso deb topilishi uchun asos bo‘ladi. 
Har bir jinoyat ishini ko‘rishda shaxsni aqli noraso deb topish uchun 
albatta sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazilishi lozim. Qonunga ko‘ra aqli 
noraso deb topilgan shaxs jinoyatning sub’yekti bo‘la olmaydi va u 
harakatlarida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli jinoiy javobgarlikka 
tortilmaydi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling