Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
Bevosita obyekt , deyilganida ijtimoiy xavfli tajovuz bevosita
qaratilgan ijtimoiy munosabat tushuniladi. Aynan jinoyatning bevosita obyektini to‘g‘ri aniqlash jinoyatni kvalifikatsiya qilishda katta ahamiyat kasb etib, jinoyatga yarasha jazo tayinlashda muhim o‘rin tutadi. Jinoyat sodir etilayotganida birdaniga bir necha bevosita obyektlarga zarar yetkazilishi mumkin. Ayrim hollarda bu jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta’sir etsa, boshqa hollarda ta’sir etmaydi, ammo jazo tayinlanishida hisobga olinishi lozim. Masalan, bosqinchilik (Jinoyat kodeksi 164-moddasi) ikkqi obyektli jinoyat hisoblanadi. Boskinchilik sodir etishda aybdor shaxs o‘zgalar mulkiga tajovuz qilish bilan birga jabrlanuvchining sog‘lig‘iga ziyon yetkazadi. Bir jinoyat sodir etilganida bir necha obyektga zarar yetkazilgan bo‘lsa, obyektlar ichidan yetkazilgan zararning muhimligini Jinoyat kodeksi Maxsus qismidan aniqlanadi va u bevosita obyekt hisoblanadi. Jinoyatning bevosita obyektini jinoyat huquqi nazariyasida 3 turga bo‘lib o‘rganiladi : 1)asosiy bevosita obyekt; 2)qo‘shimcha bevosita obyekt; 3)fakultativ bevosita obyekt. Agar jinoyatning bevosita obyekti bitta emas, balki bir nechta bo‘lsa, ulardan biri asosiy obyekt hisoblanadi. Chunonchi, bezorilikning asosiy obyekti jamoat tartibi, bosqinchilikniki mulk, yolg‘on xabar berishniki odil sudlov organlarining to‘g‘ri ishlashidir. Mana shu asosiy obyekt konkret jinoyatni Jinoyat kodeksining tegishli bobiga kiritish uchun asos bo‘ladi. 122 Ikki obyektli jinoyatlarda zarar asosiy obyektdan tashqari boshqa obyektga ham yetkazilib, u qo‘shimcha obyekt hisoblanadi. Qo‘shimcha obyekt murakkab tarkibli jinoyatlarda bo‘lib, boshqa jinoyat tarkibidan ajratishda muhim ahamiyatga egadir. Jinoyat huquqi nazariyasida yana fakultativ obyekt degan tushuncha ham bor. Bu shunday ijtimoiy munosabatdirki, jinoyat sodir etilganda ma’lum zarar yetkazilishi ham, yetkazilmasligi ham mumkin. Masalan, bezorilik (277-modda) sodir etilganda, aybdor tomonidan shaxsning sog‘lig’iga zarar yetkazilishi yoki yetkazilmasligi ham mumkin. Shuning uchun fakultativ obyekt shunday obyektki, shu obyektsiz qilmish muayyan jinoyat tarkibini tashkil etmasligi ham mumkin. Ayrim hollarda jinoyatning bevosita obyekti jinoyat huquqiy normada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi. Jinoyat kodeksining 157-moddasi “Davlatga xoinlik qilish” deb atalgan. Bu moddada yozilishicha:“Davlatga xoinlik qilish, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa salohiyati yoki iqtisodiyotiga zarar yetkazish...” yoki Jinoyat kodeksining 158-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hayotiga tajovuz qilish” uchun javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, bu jinoyatlarda bevosita obyekt to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lib, bular O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, iqtisodiyoti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hayotidir. Ko‘p hollarda jinoyat-huquqiy normada bevosita obyekt to‘g‘ridan- to‘g‘ri ko‘rsatilmaydi. Shuning uchun moddalar joylashuviga qarab jinoyatning ijtimoiy-siyosiy mohiyati va yuridik tahlili asosida Jinoyat kodeksining Maxsus qismida ko‘zda tutilgan jinoiy javobgarlikni belgilovchi norma aniqlanadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling