Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

2. Ijtimoiy xavfli qilmish 
Ijtimoiy xavfli qilmish – bu insonning ijtimoiy munosabatlarga zarar 
yetkazuvchi tashqi dunyodagi g‘ayriqonuniy, ongli, faol yoki nofaol xulq-
atvoridir. 
Qilmish har qanday jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanadi. Har 
qanday jinoiy qilmish ijtimoiy xavflidir, qilmishning bunday xavfliligi 
uning qonun bilan muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlarga zarar 
yetkazishida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy xavfli qilmishning darajasi, eng 
avvalo, yetkazilgan zararning hajmi va tajovuz qilingan obyektning 
qiymati bilan belgilanadi. 
Qilmish – bu insonning ongli xulq-atvoridir. Shuning uchun jinoyat 
huquqiy ma’noda qilmish deyilganda ongli, shuningdek, ijtimoiy xavfli 
oqibat kelib chiqishiga sabab bo‘lgan tana harakati tushuniladi. 
Har qanday jinoyat o‘zining obyektiv belgilariga ko‘ra ijtimoiy xavfli 
harakat yoki passiv xulq(harakatsizlik) yo‘li bilan sodir etiladi. 
Ijtimoiy qilmishning keng tarqalgan turi bu harakatdir. Jinoyat 
kodeksi Maxsus qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarning uchdan ikki qismiga 
yaqini harakat orqali sodir etiladi. Har bir harakat negizida inson 
tomonidan ma’lum maqsadlar sari, ongli yo‘naltirilgan tana harakati 


129
yotadi. Jinoyat huquqiy ma’nodagi harakat bilan tana harakati o‘zaro uzviy 
bog‘liqdir. Lekin ular bir xil emas. Instinktiv, reflektor va impulsiv tana 
harakatlari ong bilan boshqarilmaganligi va inson erki bilan 
yo’naltirilmaganligi uchun, jinoyat huquqiy ma’nodagi harakatni keltirib 
chiqarmaydi. O‘z navbatida jinoyat huquqiy ma’nodagi harakat birgina 
ongli va irodaviy tana harakati bilan cheklanmaydi, balki u o‘zida tana 
harakatlarining o‘zaro bog‘liq tizimini o‘zida aks ettiradi. Bu qilmishning 
ijtimoiy xavfliligini vujudga keltiradi. 
Harakat shaxsning xulq-atvori, uning ongli ravishda sodir etiladigan 
xatti-harakati bo‘lib, imo-ishora, til, qo‘l va oyoq bilangina emas, balki 
boshqa narsalar vositasi bilan ham qilinishi mumkin. Masalan, odam 
o‘ldirish yoki badanga shikast yetkazish uchun avtomashinadan 
foydalanish, itga qoptirish va hokazolar. 
Jinoiy harakatning obyektiv chegarasi to‘g‘risidagi masala muhim 
hisoblanadi. Ijtimoiy xavflilik va g‘ayrihuquqiy ham bo‘lgan harakat 
irodaviy va ongli tana harakati amalga oshirilgan vaqtdan boshlangan 
hisoblanadi. Bunday harakatlar sirasiga nafaqat himoya qilinadigan 
obyektlarga zarar yetkazishga qaratilgan va Maxsus qism moddalarida 
tamom bo‘lgan jinoyatlar sifatida aks ettirilgan harakatlar, balki, jinoyat 
sodir etishga yetarli sharoit yaratib beruvchi harakatlar ham kiradi: 
tayyorgarlik harakatlari, tashkilotchilar, dalolatchilarning harakatlari. 
Harakatning oxiri deganda uning tugashi(bunga aybdorning erkiga bog‘liq 
bo‘lmagan harakatlar ham kiradi) yoki zararli oqibatlarning kelib chiqishi 
yoki qilmishning ijtimoiy xavflilik va g‘ayrihuquqiylik xususiyatini 
yo‘qotishi tushuniladi. 
Jinoyat-huquqiy harakatlar tashqi tomondan inson, hayvon yoki 
moddiy predmetga jismoniy ta’sir qilish shaklida ifodalanishi mumkin. 
Jinoyat kodeksidagi 90% jinoyatlar shunday shaklda sodir etiladi. 
Jinoyat huquqiy harakat muayyan so‘z yoki iboralarni yozish yoki 
aytishda ham ifodalanishi mumkin. Masalan, tuhmat, haqorat. Ba’zida 
boshqa odamlar ham ijtimoiy xavfli harakat vositasi bo‘lishi mumkin. 
Masalan, aqlidan noraso yoki kichik yoshdagi bolalar o‘t qo‘yishga yoki 
odam o‘ldirishga dalolat qilinganida, dalolatchi o‘sha jinoyatni bevosita 
sodir qilishda ayblanadi. Aqli noraso yoki sub’yekt yoshida bo‘lmagan 
shaxslar esa o‘z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini tushunmaganligi 
uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling