Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Harakatsizlik shaxsning ijtimoiy xavfli, ongli va passiv xulq-
atvoridir. Harakatsizlik shaxsning qilishi lozim va mumkin bo‘lgan 
harakatni qilmaganligi natijasida, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan 


130
ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazilganligi yoki zarar yetkazish xavfi 
tug‘ilganligida ifodalanadi.
Ijtimoiy xavfli harakatsizlik xuddi ijtimoiy xavfli harakatday tashqi 
dunyoga ta’sir o‘tkazadi va ma’lum o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
Harakatsizlik birgina holatda muayyan harakatni amalga oshirishdan o‘zini 
tiyish bilan birga jinoiy xulq-atvor tizimini aks ettirishi mumkin. Misol 
uchun: mansabga sovuqqonlik bilan qarash jinoyatida mansabdor shaxs 
o‘ziga yuklatilgan vazifani doimiy ravishda bajarmay keladi. 
Harakatsizlik faqatgina ijtimoiy xavfli va g‘ayrihuquqiy bo‘lgan 
taqdirdagina jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari 
harakatsizlik uchun jinoiy javobgarlikni kelib chiqishining zaruriy 
shartlaridan yana biri imkoniyatning borligi va majburiyligi. Masalan, 
jinoyatchilar tomonidan bog‘lab qo‘yilgan qorovul talon-tarojning 
oldindani olmasa, o‘z vazifalariga insofsiz munosabatda bo‘lganligi uchun 
javobgarlikka tortib bo‘lmaydi, chunki u jismonan o‘z vazifalarini bajara 
olmaydi. 
Harakatsizlikda sub’yekt barcha munosabatlarda ham o‘zini passiv 
tutishi mumkin emas. Aksincha, u turli harakatlarni aktiv amalga oshirishi 
mumkin (aliment to‘lamay yurgan shaxs bir joydan ikkinchi joyga bemalol 
ko‘chib yurishi mumkin), biroq asosiy o‘ziga yuklatilgan majburiyatni 
bajarmaslik (bizning misolda aliment to‘lash majburiyati) harakatsizlik 
orqali amalga oshiriladi. 
Insonning har qanday qilimishi har doim ongli va aql-irodasi bilan 
sodir etiladi. Shuning uchun o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay 
olmagan yoki harakatlarinii boshqara olmagan shaxsning harakatlari, hatto 
ijtimoiy-xavfli oqibatlarga olib kelgan taqdirda ham jinoyat 
hisoblanmaydi. Masalan, fuqaro A. sirpanib ketayotib, omon qolish 
niyatida biror narsani ushlab qolishga harakat qiladi. Biroq, yiqilayotib 
fuqaro O.ning kiyimidan tutadi, yiqilish natijasida fuqaro O. og‘ir jarohat 
oladi. Bunday holda kelib chiqqan oqibat uchun A. jinoiy javobgarlikka 
tortilmaydi, chunki bu uning ongiga, aql irodasiga bog‘liq bo‘lmagan 
tarzda yuz bergan. 
Shaxsning yengib bo‘lmaydigan jismoniy kuch yoki ruhiy zo‘rlik 
ta’sirida qonun bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatga xavf soluvchi 
qilmishi va uning oqibatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin 
emas. Jinoyat huquqi nazariyasida yengib bo‘lmaydigan kuch deganda, 
ma’lum bir (aniq) shaxsni stixiyali kuchlar (yong‘in, toshqin, bo‘ron va 
h.k.) ta’sirida o‘z irodasiga qarshi ma’lum bir xatti-harakatlarni qilib 
qo‘yish hodisalari (masalan, avtobusni to‘xtatishi natijasida, 


131
yo‘lovchilardan biri yiqilayotib, qo‘lini beixtiyor yonida turgan 
yo‘lovchining ko‘ziga tegib jarohatlashi, toshqin natijasida shifokorning 
chaqiruvga bora olmasligi va bemorning halok bo‘lishi va h.k.) 
tushuniladi. 
Tabiiy ofatni haqiqatdan ham yengib bo‘lmaganligini aniqlash uchun 
shaxsning unga qarshi kurash qobiliyati, vaziyat hisobga olinadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling