Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ruhiy zo‘rlik
Jismoniy zo‘rlik, deganda shaxsning boshqalarning jismoniy
ta’sirida jamiyat uchun xavfli qilmishlarning amalga oshirishi tushuniladi va bunda jismoniy ta’sir uning ixtiyorini butunlay olib qo‘yadi (masalan, jinoyatchilar qorovulning qo‘l oyoqlarini bog‘lab narsalarni o’g‘irlab ketadi). Bunday holat qorovulning jinoiy javobgarligini istisno qiladi. Chunki bunda kelib chiqqan oqibat shaxsning ixtiyoridan tashqarida yuz beradi. Agar shaxs jinoyatni bartaraf qilish imkoniyatiga ega bo‘la turib, jismoniy zo‘rlash natijasida undan foydalanmagan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikni istisno qilmaydi. Sud tomondan jazo tayinlashda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasiga muvofiq holda jazoni yengillashtiruvchi holatlar sifatida hisobga olinishi mumkin. Masalan, ijtimoiy xavfli qilmish zaruriy mudofaa holatda sodir etilgan taqdirda shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Ruhiy zo‘rlik, deyilganida shaxsni o‘ldirish moddiy yoki ma’naviy zarar yetkazish bilan qo‘rqitilishi natijasida sodir etgan harakat yoki harakatsizligi tufayli ijtimoiy xavfli oqibatning ro‘y berishi tushuniladi. Ruhiy ta’sir natijasida yetkazilgan zarar uchun aybdor oxirgi zarurat hollaridan tashqari barcha hollarda javobgarlikka torgiladi. Sud jazo tayinlayotganda bu holatlarni javobgarlikni yengillashtiruvchi holat sifatida e’tiborga olishi kerak. Qilmishning ijtimoiy xavfli bo‘lishi yangi jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkaza oladigan darajada xavfli bo‘lishi kerak. Qilmishni jinoyat deb topish uchun uning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo‘lib, aybdorga nisbatan Jinoyat kodeksida muayyan jazo belgilangan bo‘lishi kerak. Odatda qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi jinoyat huquqiy norma sanksiyasida ifodalangan bo‘ladi. Shubhasiz, jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi bir xil bo‘lmaydi (masalan, hayotga qarshi jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi sog‘liqqa qarshi jinoyatlarga nisbatan yuqori va boshqalar). Jinoyat kodeksida ijtimoiy xavfli deb ko‘rsatilgan qilmishlarning qat’i ro‘yxati berilgan, lekin ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar natijasida ba’zi qilmishlar ijtimoiy xavfliligini yo‘qotib, dekriminalizatsiya qilinsa, ya’ni Jinoyat kodeksidan chiqarilsa, boshqalari ijtimoiy xavfli deb, 132 kriminalizatsiya qilinishi mumkin. Masalan, Jinoyat kodeksidan chayqovchilik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan modda olib tashlandi, chunki O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy- iqtisodiy o‘zgarishlar natijasida bu qilmish o‘zining ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotdi yoki 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan Jinoyat kodeksida birinchi marta odamlardan foydalanish uchun yollashning ijtimoiy xavfi ortganligi munosabati bilan javobgarlik belgilanadi (Jinoyat kodeksi 135-moddasi). Jinoiy qilmish har doim faqat ijtimoiy xavfli bo‘libgina qolmasdan, balki gayriqonuniy harakat hamdir, ya’ni jinoyat-huquqiy normalar bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qilishdir. Qilmishning ijtimoiy xavfliligi, g‘ayriqonuniyligi, jinoiy jazoga sazovorligi va ayblilik jinoyatining zaruriy belgilaridir. Ijtimoiy xavfli qilmish ijtimoiy xavflilik va g‘ayriqonuniy belgilarisiz sodir etilgan hollarda jinoyat tarkibi ham bo‘lmaydi. Demak, qilmish javobgarlikni istisno qiluvchi hollarda sodir etilsa, jinoyat tarkibi ham mavjud bo‘lmaydi. Jinoyat kodeksining 35-moddasida belgilanishicha:”Qilmishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, gayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi”. Quyidagi holatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarga kiradi: kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli jinoyat sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish; buyruqni yoki boshqa tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik . Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarda sodir etilgan qilmishlar asosan foydali harakatlardir. Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan ko‘pchilik jinoyatlar ma’lum shaxslarning harakatlari, ya’ni faol xulki natijasida sodir etiladi. Muayyan moddada javobgarlik ko‘zda tutilgan jinoiy harakat bir harakatni sodir etish natijasida vujudga kelishi yoki qator harakatlardan (masalan, Jinoyat kodeksining 110-moddasi: qiynash, muttasil ravishda do’pposlash, ya’ni do’pposlashning uch yoki undan ko’p marta sodir etilishi) iborat bo’lishi mumkin. Ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb topish uchun uni sodir etish bir harakat yoki bir necha harakatlardan iborat bo‘lganligining ahamiyati yo‘q. Ko‘pchilik hollarda jinoiy harakat ya’ni pichoq urish, sovuq qurol ishlatish va boshqa yo‘llar bilan sodir etiladi. Biroq, jinoiy harakat so‘z 133 bilan, imo-ishoralar orqali (bezorilik, haqorat, o‘ldirish bilan qo’rqitish va boshqalar) sodir etilishi ham mumkin. Qilmish harakatsizlik bilan ham sodir etilishi mumkin. Odatda, harakatsizlik shaklidagi qilmishlar shaxsning mansab yoki kasb bilan bog‘liq vazifalarini yetarlicha bajarmasligi natijasida orqasidan kelib chiqadi. Masalan, kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik(116-modda); xavf ostida qoldirish(117-modda); mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish(172-modda); mansabga sovuqqonlik bilan qarash(207-modda); hokimiyat harakatsizligi(208- modda); sud qarorini bajarmaslik(232-modda); jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish(241-modda) va boshqalar. Shu munosabat bilan harakatsizlik shaklida sodir etilgan har bir qilmishda aybdor shaxs muyyyan majburiyatlarini, vazifalarini buzganligini aniqlash, u ma’lum bir tarzda harakat qilishi lozimligini, xulqi e’tiborga olingan holda jinoiy javobgarlik masalasi hal qilinishi lozim. Masalan, Jinoyat kodeksining 207-moddasi bo’yicha shaxsni mansabga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun javobgarlikka tortish uchun mansabdor shaxsning kishilar, davlat va jamoat manfaatlariga yetkazilgan zarari qanday majburiyatlarni buzganligi natijasida kelib chiqqanligini aniqlash kerak. Agar bu qilmishning oqibatlari mansabdor shaxsning o‘z vazifalarini buzishi natijasida vujudga kelgan bo‘lsa, u holda uning harakatsizligi jinoyat hisoblanadi. Qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam ko‘rsatishi shart bo‘lgan shaxsning uzrli sabablarsiz shunday yordam ko‘rsatmaganligi(116- moddasining 2-qismi) bunga misoldir. Bu holda vrach yoki tibbiy xodim ushbu yordamga muhtoj shaxslarga yordam ko‘rsatishi shartdir. Muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyati quyidagilardan kelib chiqadi: 1. qonundan; 2. tajriba yoki xizmat vazifasidan; 3. shartnomadan; 4. oldindangi xulq-atvori dan kelib chiqadi. 5. qarindoshlik munosabatlaridan kelib chiqadi. Jinoiy harakatsizlikning boshlanishi muayyan harakatni amalga oshirishga majbur va bunga imkoniyati bo‘lgan shaxs tomonidan uni amalga oshirmaslik oqibatida jinoyat qonuni bilan himoya qilinadigan obyektga zarar yetkazish hisoblanadi. Harakatsizlik zarar yetkazish bilan yoki uni yetkazish xavfining yo‘qolishi bilan tugaydi. Harakatsizlikning boshlanishi va tugash vaqtini aniqlash ishtirokchilik, jinoyatdan ixtiyoriy qaytish va boshqa shu kabi masalalarni hal qilishda ahamiyatga egadir. 134 Jinoyat huquqiga oid adabiyotlarda “aralash harakatsizlik” tushunchasi qo‘llaniladi. Bunday holatda jinoyat-huquqiy harakatsizlik murakkab xususiyatga egadir. Har doim ham harakatsizlik mutloq passiv bo‘lavermaydi. Zimmasiga huquqiy majburiyat yuklatilgan shaxs tomonidan ana shu majburiyatni to‘liq bajarmaslik yoki tegishli shaklda bajarmaslik ham jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Misol uchun: mansabga sovuqqonlik bilan qarash jinoyatida, mansabdor shaxs o‘z majburiyatini tegishli shaklda bajarmaydi. Jinoyat kodeksi 117-moddasida hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan va o‘zini o‘zi himoya qilish imkoniyati bo‘lmagan shaxsga yordam ko‘rsatmaslik, basharti, aybdor bunday ahvoldagi shaxsga yordam berishi shart va bunday imkoniyatga ega bo‘lsa yoxud aybdorning o‘zi jabrlanuvchini xavfli ahvolga solib qo’ygan va ushbu moddaning 1 va 2- qismlaridagi oqibatlarni keltirib chiqarsa, jinoiy harakatsizlik sodir qilingan hisoblanadi. Bu holda shaxsning zimmasidagi ma’lum tarzda harakat qilish majburiyati qonun mazmunidan kelib chiqadi. Demak, jinoiy harakatsizlik shaxsning qonun, shartnoma, kelishuv va boshqalar bo’yicha ma’lum harakatlarni bajarmasligi yoki uning mansab, kasbiy vazifalarini hisobga olgan holda bajarmasligida ifodalanadi. Uzoqqa cho‘zilgan, davomli va murakkab jinoyatlarning obyektiv tomoni ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikning qator xususiyatlari bilan ifodalanadi. Uzoqqa cho‘zilgan jinoyat deb ma’lum davrgacha cho‘zilgan jinoiy harakat yoki harakatsizlikka aytiladi. Bu jinoyat muayyan jinoiy harakat yoki harakatsizlik bilan boshlanadi. Jinoyat qonunida aybdorga yuklatilgan majburiyatning uzoq vaqt davomida bajarilmay kelishidan iborat harakatsizlik ham uzoqqa cho‘zilgan jinoyat deyiladi. Masalan, aliment to‘lash to‘g‘risidagi sud qarorini qasddan bajarmay yurish, tayyorlanayotgan yoki sodir bo‘lgan ayrim jinoyatlar haqida xabar bermaslik va x.k. Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar jinoiy harakat yoki harakatsizlik sodir etilgan vaqtidan boshlanib, aybdorning o‘zi shu harakatni to’xtatishi yoki jinoyatga tushkunlik qiluvchi biron voqea yuz berishi bilan tamomlanadi. Davomli jinoyat deb bir maqsadga erishish uchun bir-biriga o’xshash bir necha harakatdan iborat bo‘lgan jinoyatga aytiladi. Bu jinoyatlarning har biri alohida olinganida mustaqil jinoyat tarkibining obyekti bo‘lishi mumkin. Davomli jinoyat biror harakatning sodir bo‘lishi bilan boshlanib, oxirgi jinoiy harakat bilan tamom bo‘lgan hisoblanadi. 135 Murakkab jinoyat deb ikki yoki undan ko‘p alohida jinoyat belgisi bo‘lgan, lekin sodir qilinishdagi harakatlar bir-biriga yaqin aloqadorligi sababli bir butun jinoyat tarkibini tashkil etuvchi jinoyatga aytiladi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling