Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq 
lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish 
jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. Agar qonunda ozodlikdan 
mahrum qilishning eng oz qismi uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun 
tayinlansa, eng ko‘p qismi og‘ir jinoyatlar guruhiga kiruvchi jinoyatlar 
uchun nazarda tutilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksi 118-moddasi (nomusga tegish) sanksiyasida ozodlikdan mahrum 
qilishning muddati uch yildan yetti yilgacha berilgan. Demak, eng yuqori 
qismi yetti yil bo‘lganligi uchun bu jioyat og‘ir jinoyatlar guruhiga kiradi. 
Og‘ir jinoyatlar guruhiga – qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 
(104-moddaning 2-qismi), nomusga tegish (118-moddaning 1,2-qismlari), 
voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish (127-
moddaning 3-qismi), odamlardan foydalanish uchun ularni yollash (135-
moddaning 2-qismi), odam o‘g‘irlash (137-moddaning 2-qismi), urushni 


92 
tarqib qilish ( 150-modda), yollanish (154-modda), milliy, irqiy yoki diniy 
adovat qo‘zg‘atish (156-moddaning 2-qismi), davlat sirini oshkor qilish 
(162-moddaning 2-qismi), bosqinchilik (164-moddaning 1,2-qismlari) kabi 
jinoyatlarni kiritish mumkin. 
O‘ta og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq 
muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki o‘lim jazosi nazarda tutilgan 
jinoyatlar kiradi. Bunday jinoyatlar guruhiga - qasddan odam o‘ldirish (JK 
97-moddasi), jinsiy extiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish 
(119-moddaning 3,4-qismlari), agressiya (151-modda), urushning qonun 
va udumlarini buzish (152-modda), genotsid (153-modda), terrorizm (155-
modda 2,3-qismlar), davlatga xoinlik qilish (157-modda), josuslik (160-
modda), qo‘poruvchilik (161-modda) kabi jinoyatlar kiradi.
Jinoyatlarni ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga ko‘ra 
tasniflash nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir. Masalan, 
shaxs tomonidan u yoki bu toifadagi jinoyatlarning sodir etilishi 
“ozodlikdan mahrum qilish” (JK 50-moddasi), “shartli hukm qilish” (72-
modda), “jinoiy javobgarlikdan ozod qilish” (64-68-moddalar), “jazoni 
yengilrog‘i bilan almashtirish” (74-modda) kabi holatlarning qo‘llanishi 
singari jinoyat huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Jinoyatlarni obyektiga ko‘ra tasniflash masalasi Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismidagi jinoyatlarni maxsus (turdosh) obyektiga qarab 
guruhlarga ajratish va maxsus obyektning ahamiyatiga qarab 
joylashtirilishini belgilaydi. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi jinoyatning 
maxsus (turdosh) obyektiga ko‘ra bo‘lim va boblarga ajratilgan. Ya’ni, 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining birinchi 
bo‘limida “shaxsga qarshi jinoyatlar”, ikkinchi bo‘limida “tinchlik va 
xavfsizlikka qarshi jinoyatlar”, uchinchi bo‘limida “iqtisodiyot sohasidagi 
jinoyatlar”, to‘rtinchi bo‘limida “ekologiya sohasidagi jinoyatlar” va shu 
kabi jinoyatlar bo‘limlarga ajratib joylashtirilgan. Bunda bevosita obyekti 
bir-biriga o‘xshash jinoyatlar bitta bo‘limga kiritilib, ana shu bo‘lim yoki 
bobdagi jinoyatlarning barchasi uchun umumiy bo‘lgan obyekt maxsus 
(turdosh) obyekt deb yuritiladi. 
Jinoyatlarni tasniflash Jinoyat kodeksi Maxsus qismidagi jinoyatlar 
uchun nazarda tutilgan sanksiyalarning turlari va xajmi (og‘irlik darajasi) 
bilan bog‘liq bo‘ladi.
Jinoyatlarni tasniflash, avvalambor, jinoyat qonunini qo‘llashda 
ahamiyatga ega. Ayniqsa, jinoyat-huquqiy institutlar va normalarni joy-
joyig‘a qo‘yish, shuningdek,, jinoyat sodir etish bosqichlari, ishtirokchilik, 
xavfli va o‘ta xavfli retsidiv jinoyat kabilarni e’tiborga olishda jinoyatlarni 


93 
tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Jinoyat kodeksi 34-
moddasi 3-qismiga ko‘ra: 
“Besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish 
jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan qasddan yangi jinoyat sodir etish, 
ya’ni: 
a) ilgari o‘ta og‘ir jinoyati uchun yoki ikki marta og‘ir jinoyati uchun 
hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam bo‘lmagan 
muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxs tomonidan 
o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilishi; 
b) ilgari og‘ir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldindan 
keyinligidan qatyi nazar, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun ularning har 
biriga besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish 
jazosi tayinlangan shaxsning og‘ir jinoyat sodir etishi o‘ta xavfli retsidiv 
jinoyat deb topiladi.” Demak, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar shaxsni o‘ta 
xavfli retsidivist deb topishga asos bo‘ladi. 
Bundan tashqari, tamom bo‘lmagan jinoyatlar ularning qasddan 
sodir etilishidan, ya’ni og‘irligidan darak beradi. Masalan, Jinoyat 
kodeksi 25-moddasi 2-qismiga ko‘ra, qasddan sodir etiladigan jinoyatlar 
boshlanib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga 
yetkazilmagan bo‘lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi. 
Shuningdek,, jinoyatlarni tasniflash jazo tayinlash amaliyotida ham 
muhim o‘ringa ega. Masalan, Jinoyat kodeksi 50-moddasi 5-qismiga 
ko‘ra: 
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan: 
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida 
sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat 
sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga 
nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda; 
b) qasddan og‘ir jinoyat sodir etganlik va o‘ta og‘ir jinoyati uchun 
birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga 
nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda; 
c) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum 
qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, qasddan yangi sodir etgan jinoyati 
uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda 
d) o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maxsus tartibli 
koloniyalarda o‘tash tayinlanadi. Avf etilib, o‘lim jazosi ozodlikdan 
mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar ham jazoni maxsus tartibli 
koloniyalarda o‘taydilar.” 


94 
Jinoyat kodeksi 51-moddasi 1-qismiga ko‘ra, otib o‘ldirish 
tariqasidagi o‘lim jazosi faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda 
qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning 2-qismi), terrorizm (155-
moddaning 3-qismi) uchun belgilanadi. 
Jinoyat kodeksi 73-moddasi 3-qismiga ko‘ra: 
“Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish 
mahkum:
a) 
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan 
jinoyati uchun sud tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir 
qismini; 
b) og‘ir jinoyati uchun, shuningdek, qasddan sodir etgan jinoyati 
uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan 
mahrumetishga hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlangan jazo muddatining 
kamida yarmini; 
c) 
o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek, jazodan muddatidan 
ilgari shartli ozod qilingan yoki jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan 
shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir 
etganligi uchun hukm qilingan bo‘lsa, sud tayinlangan jazo muddatining 
kamida uchdan ikki qismini xaqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin 
qo‘llanilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan. 
Demak, jinoyatlarni tasniflash jazo tayinlashning birinchi va asosiy 
mezoni bo‘lib hisoblanadi. Sud amaliyotida jinoyatlarning tasnifi 
jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish, ular uchun odilona jazo tayinlash, 
jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish kabi masalalarni hal qilishda 
bosh mezon bo‘lib xizmat qiladi.
Demak, jinoyatlarni tasniflashning ahamiyati quyidagilarda 
ko‘rinadi: 
birinchidan, jinoyatlarni tasniflash jinoyat huquqiy institut va 
normalarni joy-joyig‘a qo‘yish; shuningdek, jinoyat sodir etish bosqichlari, 
ishtirokchilik, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod 
qilish, o‘ta xavfli retsidiv jinoyatlar, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish kabi 
jinoyat huquqiy institutlarni to‘g‘ri qo‘llashga ta’sir etadi; 
ikkinchidan, u yoki bu toifadagi jinoyatni sodir etgan shaxsga 
nisbatan ma’lum bir jinoyat huquqiy oqibat vujudga keladi. (Masalan, 
jinoiy javobgarlikdan ozod qilish va shu kabi boshqa oqibatlar.)
1

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling