Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jinoyatning jazoga sazovorlik belgisi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Jinoyatning jazoga sazovorlik belgisi – har qanday jinoyat uchun 
jazo tayinlanishining muqarrarligini bildiradi. Jazo esa sud hukmi bilan 
tayinlanadigan davlatning majburlov chorasidir. Jinoyat kodeksi 42-
moddasida jazoga.
Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan 
davlat tomonidan sud hukmi bilan qo‘llanadigan va maqkumni qonunda 
nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki 
ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir”,-deb ta’rif berilgan. 
Lekin bu qoidadan “Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jazolar 
majburiy va barcha hollarda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo qo‘llanishi 
kerak.”, - degan xulosaga kelmaslik kerak. Chunki Jinoyat kodeksida jazo 
belgilangan aybli ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni jazodan 
ozod qilish ham nazarda tutilgan. (Jinoyat kodeksi 69-76 – moddalar) 
Biroq yuqoridagi holat, Jinoyat kodeksi 14-modda 1-qismida 
ko‘rsatilgan normadan kelib chiqqan holda, jinoyat tarkibi mavjud barcha 
ijtimoiy xavfli qilmishlar uchun jazo qo‘llanilishi kerakligini rad etmaydi. 
Jazo tushunchasi jinoyat tushunchasisiz biron bir mazmun kasb 
etmaydi, ya’ni jazo haqiqatda sodir etilgan jinoyatning oqibati hisoblanadi. 
Agar qilmish jinoyat huquqiy javobgarlikni keltirib chiqarmasa, bunday 
qilmish jinoyat deb hisoblanmaydi. 
Sodir etilgan jinoyatning oqibati real jazo emas, balki aynan “jazo 
qo‘llash tahdidi” hisoblanadi.
1
 
Shu bilan birga, jazoga sazovorlik – bu faqat jinoyatning oqibati 
emas, bunday oqibatga aniq jinoyat uchun qo‘llaniladigan davlatning 
majburlov chorasi sifatidagi jazo ham kiradi. Jazoga sazovorlik 
1
Vetrov N.I. «“Ugolovnoe pravo”. Obshaya chast: Uchebnik dlya vuzov. – М.: Yuniti – DANA, Zakon i 
pravo, 1999. – S. 57 


88 
yuqoridagilardan tashqari, jinoyat huquqiy sanksiyadan iborat huquq 
normasini ifodalovchi keng ma’nodagi tushuncha hamdir. 
Har bir huquq sohasi kabi jinoyat huquqida ham sanksiyalar mavjud 
bo‘lib, ular jinoyat huquqi normalarini buzganlik uchun jinoyat huquqiy 
ta’sir choralari ko‘rinishidagi jazolarni o‘zida aks ettiradi. 
Aynan jinoiy jazo jinoyat sodir etishning oqibati sifatida 
javobgarlikning muqarrarligini keltirib chiqaradi va asosiy ogohlantiruvchi 
vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham “jinoyat jazoni keltirib chiqaradi”, 
- degan qoida javobgarlik muqarraligining kafolati hisoblanadi. 
Jazo qo‘llash tahdidini ifodalovchi sanksiyasi bo‘lmagan huquqiy 
norma jinoyat huquqiy taqiqni anglatmaydi. 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalarida nisbiy-muayyan va 
alternativ sanksiyalar nazarda tutilgan bo‘lib, ular sodir etilgan jinoyatning 
ijtimoiy xavflilik darajasi, jinoyatni amalga oshirishda aybning darajasi va 
shu bilan birga boshqa holatlarni ham e’tiborga olib jazo tayinlash 
imkoniyatini beradi. 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlik 
va jazodan ozod qilish holatlari qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar 
uchun ham muayyan jazo turi yoki turlari ko‘zda tutilgan. Agar sodir 
etilgan qilmish uchun Jinoyat kodeksi Maxsus qismi normasida sanksiya, 
ya’ni muayyan jazo turi nazarda tutilmagan bo‘lsa, u jinoyat 
hisoblanmaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
223-moddasi 3-qismida: “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 
nazarda tutilgan siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun kirish 
hujjatlarini tegishli darajada rasmiylashtirmasdan O‘zbekiston 
Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 
javobgarlikdan ozod qilinadilar”, - deyiladi. Jinoyat kodeksi 211-
moddasining 4-qismida: “Basharti shaxsga nisbatan pora so‘rab 
tovlamachilik qilingan bo‘lsa yoki bu shaxs jinoiy harakatlar sodir 
etilgandan keyin bu haqda o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan 
pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, bunday 
shaxs javobgarlikdan ozod etiladi.”, - deyiladi. Bu keltirilgan ikki 
normaning birinchisida shaxsning qonunga xilof ravishda chet elga 
chiqishi yoki respublikamizga kirishi jinoyatining tarkibi, ikkinchisida esa 
pora berish jinoyatining belgilari mavjud. Ammo qonunda belgilangan 
asoslar bo‘lgani uchun bunday qilmishlari uchun shaxsga jazo qo‘lanilishi 
nazarda tutilmagan. Shunga ko‘ra bunday shaxs jinoiy javobgarlikka 
tortilmaydi. 


89 
Demak, jazoga sazovorlik jinoyatning belgisi sifatida jinoyat 
qonuniga xilof qilmish uchun jazo mavjudligini hamda jinoyat va jazo 
tushunchalari bir-biri bilan doimo o‘zaro aloqadorlikda ekanligini 
bildiradi. Jazoga sazovorlik Jinoyat kodeksiga tegishli moddalari 
dispozitsiyasida ko‘rsatilgan belgilarning mavjudligi ijtimoiy xavfli 
qilmishni sodir etan shaxsga nisbatan jinoiy jazo qo‘llash lozimligini 
ko‘rsatadi. 
Xulosa qilib aytganda, jinoyat belgilari qilmishning jinoiyligini 
belgilovchi asosiy mezon bo‘lib, jinoyatning moddiy (tashqi) belgisi – 
“ijtimoiy xavflilik” bo‘lsa, jinoyatning formal belgisi – “huquqqa 
xiloflilik” deb hisoblanadi, shuningdek,, jinoyatning “aybning mavjudligi” 
va “jazoga sazovorlik” belgilari huquqqa xiloflilik belgisidan kelib 
chiqadi.
1
Demak, yuqorida sanab o‘tilgan to‘rtta belgining barchasi qilmishda
bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lsagina, qilmish jinoyat deb topiladi, va 
aksincha ana shu belgilardan bittasi bo‘lmasa, qilmish jinoyat deb 
hisoblanmaydi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling