Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
3. Jinoyatlarni tasniflash. 
Jinoyatlarni tasniflash deganda, jinoyatlarni u yoki bu belgilariga 
ko‘ra turkumlarga ajratish tushuniladi. 
Jinoyat huquqida jinoyatlarni tasniflashda quyidagi ikki mezon 
nazarda tutilgan bo‘lib, jinoyat qonunida jinoyatlar aynan ana shu 
mezonlar asosida tasniflangan: 
1. 
Jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab 
tasniflash; 
2. 
Jinoyatlarning obyekti (tajovuz qaratilgan obyekt)ga ko‘ra 
tasniflash; 
Jinoyatlarni tasniflash va guruhlarga bo‘lishning asosiy mezoni 
jinoyatlarning xususiyati va ijtimliy xavflilik darajasi hisoblanadi. 
Jinoyatlarni tasniflashning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi 
mezoni ham ikki belgi
a) 
aybning shakllari (qasd yoki ehtiyotsizlik); 
b) jinoyat kodeksida nazarda tutilgan sanksiyalar (ularning og‘irlik 
darajasi)ga bog‘liq bo‘ladi.
2
1
"Ugolovnoye pravo Rossiyskoy Federasii". Obshaya chast: Uchebnik / Pod. Red. B.V.Zdravomuslova – 
Izd. 2-е, pererab. i dop. – М.: Yurist, 1999. – S. 54-57. 
2
"Ugolovnoye pravo". Obshayachast. Uchebnik / pod. red. N.I. Vetrova, Yu.I. Lyapunova - М.: Noviy 
Yurist, KnoRus, 1997. – S. 134,136 


90 
Sanksiyalarning og‘irlik darajasi jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik 
darajasi va xususiyatiga bevosita bog‘liqdir. 
Jinoyat kodeksi 15-moddasidagi jinoyatlarning tasnifi jinoyatning 
moddiy va formal belgilarini birlashtiradi. Bu esa jinoyatning ijtimoiy 
tarkibi va u yoki bu guruhga kirishini aniq belgilaydi. Sanksiyaning 
xususiyati, jazo turlari va ularning og‘irlik darajasi jinoyatning ijtimoiy 
tarkibini tashkil etadi, shuningdek,, jinoyatchilikka qarshi kurash 
yunalishlari ham jinoyat ijtimoiy tarkibining elementlaridan biri 
hisoblanadi. 
Jinoyatlarning tasnifi Jinoyat kodeksi 15-moddasida berilgan bo‘lib, 
unda Jinoyat kodeksi Umumiy va Maxsus qismi normalari tizimini 
e’tiborga olgan holda jinoyatlar o‘zining xavflilik darajasiga ko‘ra 
yengilidan og‘iriga qarab tasniflangan. 
Jinoyat kodeksi 15-moddasiga muvofiq, jinoyatlar o‘z xususiyati va 
ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra: 
a) 
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar;
b) uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar; 
c) 
og‘ir jinoyatlar; 
d) o‘ta og‘ir jinoyatlarga bo‘lingan.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling