Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jinoyatlarning boshqa huquqbuzarliklardan farqi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
4. Jinoyatlarning boshqa huquqbuzarliklardan farqi. 
1
" Ugolovnoye pravo". Obshayachast. Uchebnik / pod. red. N.I. Vetrova, Yu.I. Lyapunova - М.: Noviy 
Yurist, KnoRus, 1997. – С. 136. 


95 
Huquqbuzarliklar turli-tuman bo‘lib, asosan qaysi huquq sohasi bilan 
tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning buzilganligi bilan 
bog‘liqdir. Huquqbuzarlikning jinoiy, ma’muriy, intizomiy, fuqaroviy
mehnat, oila, xo‘jalik, yer, suv, ekologiya, havo va boshqa turlari mavjud. 
Ushbu huquqbuzarliklarning bir-biridan farqlovchi belgilari qanday
degan savol tug‘iladi. 
Huquqbuzarlik keng doiradagi qilmishlar uchun bir turkumdagiga 
tegishli bo‘lgan tushuncha hisoblanadi.
Jinoyat – bu o‘zining maxsus belgilariga ega bo‘lgan 
huquqbuzarlikdir. Lekin ko‘pchilik kriminalistik olimlar va amaliyotchilar 
“Jinoyat o‘zining muhim jihatlari, xususiyatlari va belgilariga ega, boshqa 
huquqbuzarliklar bunday tarkibiy elementlarga ega bo‘lsa ham jinoyat 
ulardan farq qiladi, chunki jinoyat boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan 
shaxs, jamiyat va davlat (manfaatlari)ga ko‘proq xavf tug‘diradi.”
1
,-deb 
ta’kidlaydilar. 
Jinoyat ijtimoiy xavflilik darajasining yuqori ekanligi bilan boshqa 
huquqbuzarliklardan farq qiladi. 
Jinoyat huquqida jinoyatlarni tavsiflashda ularning obyektiv va 
subyektiv belgilari e’tiborga olinadi. Bunday belgilar boshqa huquq 
sohalari (ma’muriy, fuqarolik, mehnat va xk)da ham mavjud. Bunday 
huquqbuzarliklarni bir-biridan farqash, ularni chegarasini belgilash uchun 
formal belgilar bo‘lishi shart va bunday belgilar shaxsning jinoyat, 
ma’muriy, fuqarolik yoki intizomiy huquqbuzarliklardan qay birini sodir 
etganligini aniqlab olishga yordam beradi. 
Huquqbuzarliklarni farqlash bunday huquqbuzarliklar uchun 
javobgarlik belgilangan qonun mavjud bo‘lganida oson bo‘ladi. Aynan 
huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarlik belgilangan qonunlarga 
asoslanib nazariy va amaliy jihatdan huquqbuzarliklarni bir-biridan 
farqlovchi belgilar ishlab chiqilgan. 
Jinoyat va boshqa huquqbuzarlik o‘rtasidagi farqlar quyidagi 
belgilar: 
a) huquqbuzarlikning obyekti; 
b) ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati; 
c) huquqqa xiloflilik shakli; 
d) yetkazilgan zararning miqdoriga asoslanadi. 
1
Vetrov N.I. «“Ugolovnoe pravo”. Obshaya chast: Uchebnik dlya vuzov. – М.: Yuniti – DANA, Zakon i 
pravo, 1999. – С. 62 


96 
Lekin ko‘pchilik olimlar o‘rtasida “yetkazilgan zarar 
huquqbuzarliklarni farqlovchi belgi hisoblanmaydi, chunki u qilmishning 
ijtimoiy xavflilik darajasi tarkibiga kiradi”
1
,- degan bahsi fikrlar ham 
mavjud. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling