60
Tizimli sharhlash qonunning turli normalarini
boshqa qonunlari
bilan taqqoslab va izohlanadigan normaning qonunchilik tizimidagi,
amaldagi jinoyat qonunidagi tutgan o‘rni mazmunan tushuntiriladi va
boshqa qonun normalaridan farqlari ko‘rsatiladi. Masalan,
sodir etilgan
jinoyat natijasida badanga og‘ir shikast yetkazilgan bo‘lsa, qilmishni
Jinoyat kodeksining qaysi moddasi bilan kvalifikatsiya qilish lozimligini
aniqlash uchun tizimli sharhlash, ya’ni Jinoyat kodeksining 104, 106, 107,
108 va boshqa qator moddalari qiyosiy tahlil qilinishi zarur bo‘ladi.
Tarixiy sharhlash huquq normasi qabul qilingan davlatda mavjud
bo‘lgan ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy vaziyat, ushbu huquq normasining
qabul qilinishiga sabab bo‘lgan holatlarni aniqlashga qaratiladi.
Bunda
amaldagi qonunning ma’nosi, tarixan mazkur normani ishlab chiqish va
qo‘llash bilan bog‘liq materiallar asosida, shuningdek,
uning ilgarigi
ko‘rinishlari bilan taqqoslanadi.
Mantiqiy sharhlash. Har qanday sharhlash mantiq qoidalari asosida
sharhlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: