56
nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmasa) turlari mavjud bo‘lganligi
sababli “aralash” deb yuritiladi.
Huquq nazariyasida sanksiyaning quyidagi turlari mavjud:
nisbiy
muayyan, mutloq muayyan, alternativ va havolaki sanksiyalar.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi
Jinoyat kodeksida nisbiy
muayyan va alternativ sansiyalarnazarda tutilgan:
Nisbiy muayyan sanksiya – jazo miqdorining muayyan chegarasini
(qismini yoki eng quyi va eng yuqori qismini) belgilovchi sanksiya.
Masalan, Jinoyat kodeksining 99-moddasida onaning o‘z chaqalog‘ini
qasddan o‘ldirgani uchun uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish jazosi,
qasddan odam o‘ldirganlik uchun 97-moddasi birinchi qismida o‘n yildan
o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.
Alternativ sanksiya – ikki yoki undan ortiq jazo
turlaridan birini
qo‘llash imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi. Masalan, Jinoyat kodeksi
206–moddasi 1-qismida hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga
chiqqanlik uchun besh yilgacha muayyan
huquqdan mahrum qilish yoki
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo turlari belgilangan. Alternativ
sanksiyaning belgilanishi sudyalarga shaxsning
ijtimoiy xavfliligiga,
qilmishning xususiyatiga qarab jazolardan birini tayinlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: