Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
-BOB. VOYAGA YETMAGANLAR JINOIY
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
20-BOB. VOYAGA YETMAGANLAR JINOIY
JAVOBGARLIGI XUSUSIYATLARI 1. Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining umumiy qoidalari Insonparvarlik va odillik prinsiplaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respuplikasi Jinoyat kodeksi oltinchi bo‘limi XV-XVIboblarida “Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari»ni belgilangan. Bu boblarda voyaga yetmaganlarga nisbatan tayingilanadigan jazo tizimi, jazo tayilash qoidalari, javobgarlikdan, jazodan ozod qilish hollari aks ettirilgan. Bizga ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldindani olish va unga qarshi kurashishga yetarli darajada (ba’zi kamchiliklarini e’tiborga olmagan holda) e’tibor berilgan bo‘lsa ham, ammo Jinoyat qonunidagi bunday jinoyatchilikning oldindani olishga qaratilgan normalar shu vaqtgacha biror marta ham tizimlashtirilgan holda, hozirgi kodeksimizdagidek, alohida bir bo‘limda berilmagan edi. Unda ko‘rsatilgan normalar jinoiy javobgarlikning umumiy qoidalarini o‘z ichiga olishi bilan birga, voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilganda ularga nisbatan jazo turlarining ancha takomillashganligi, sud ularga jazo tayinlashda o‘smirning ruhiy rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog‘ligini, sodir etgan jinoyatining sabablarini, katta yoshdagi kishilar va vaziyatning jinoyat sodir etilishidagi o‘rnini e’tiborga olib, javobgarlik yoki jazodan ozod qilishda unga nisbatan davlatimiz tomonidan beriladigan bir qancha yengilliklarda ifodalanishi ko‘rsatilganki, bunday holatlar kodeksning 7-moddasida ko‘rsatilgan insonparvarlik prinsipining amalda qo‘llanilayotganligiga misol bo‘ladi. Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir qilinganida, davlat tomonidan ularning bu qilmishiga beriladigan jazoning kattalarga beriladigan jazoga nisbatan ancha yumshoqligi qadimgi quldorlik davlatlariga ham xos bo‘lganligini Rim davlatining “XII jadval qonunlari”da ham uchratamiz. 1 Amaliyot xodimlari va olimlar o‘rtasida ko‘p yillardan beri voyaga yetmaganlarning javobgarligini qonunda alohida ajratib ko‘rsatilishi zarurligi to‘g‘risida turli fikrlar mavjud bo‘lib, bu masala 1994-yil qabul qilingan Jinoyat kodeksida o‘z aksini topdi. Voyaga yetmaganlarning javobgarligi xususida jinoyat huquqi fanida turli fikrlar bildirilgan bo‘lib, 1 Хрестоматия по истории государства и права зарубежных Стран. Под. ред. З.К. Черниловского. М, 1984. 49-50-бетлар 466 aybdor shaxsning ahamiyati sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavfliligi darajasidan kam emasligi ta’kidlanadi. Jinoyat kodeksi 17-moddasi, 5-qismiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga asosan va Jinoyat kodesining oltinchi bo‘limida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi 163 ta normasida voyaga yetmaganlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling