Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


NOTA BENE!  Voyaga yetmagan shaxs


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

NOTA BENE! 
Voyaga yetmagan shaxs deganda, Jinoyat sodir etgunga qadar 16 
yoshga to‘lgan, ammo 18 yoshga to‘lmagan shaxs tushiniladi.
Umumiy qoidaga muvofiq 16 yoshga to‘lgan, aqli raso shaxslar 
jinoyat subyekti yoshiga yetgan hisoblanadilar. Ba’zi jinoyatlar uchun 
subyekt yoshi 14 yosh qilib belgilangan. Javobgarlikni og‘irlashtiruvchi 
holatlarda qasddan odam o‘ldirganlik jinoyati uchun subyekt yoshi 13 
yosh belgilangan. 
Ko‘pchilik davlatlarning jinoyat qonunchiligida voyaga 
yetmaganlarni jinoiy javobgarlikka tortishning eng kam yosh chegarasi 
belgilangan. Bu yoshga yetmagan, lekin jinoyat sodir etishda aybdor deb 
topilgan voyaga yetmagan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilmasdan, 
balki, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘ladilar. 
1989-yil BMTning Bosh assambleyasi tomonidan «Bolalar huquqlari 
to‘g‘risida»gi Konvensiya qabul qilingan bo‘lib, u jinoiy yo‘lga kirib 
qolgan bolalar va voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish 
bo‘yicha qator normalarni o‘z ichiga oladi. Konvensiyaga muvofiq bolalar 
deganda, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar tushuniladi.
1
Bu ta’rif 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksidagi voyaga yetmaganlar 
tushunchasiga mos keladi. Konvensiya voyaga yetmaganlarni jinoiy 
javobgarlikka tortishning minimal muddatini belgilaydi. Lekin qator 
davlatlarda bu yosh chegarasi belgilanganidan ham kam bo‘lishi mumkin 
Masalan, Irlandiya jinoyat qonunchiligida subyet yoshi 7 yosh, 
Yaponiyada 13 yosh, Niderlandiyada 12 yosh qilib belgilangan. Jinoyat 
qonunchiligida subyekt yoshining bunday belgilanishi shaxsning aqliy va 
jismoniy rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan. 
1985-yilda qabul qilingan BMTning Minimal standart qoidalarida 
voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda odil sudlovni amalga 
oshirishning qoidalari belgilangan.
1
Конвенция о правах ребенка. 1989г. 


467
Shaxsning aqliy va jismoniy rivojlanganlik darajasi shuni 
anglatadiki, jinoyat subyekti yoshiga yetgan, lekin o‘z qilmishining 
xususiyati va ijtimoiy xavfli oqibatini ruhiy jihatdan rivojlanmaganligi 
tufayli anglab yetmagan shaxs jinoyat subyektining zaruriy belgisiga ega 
bo‘lmaydi. Bunday shaxsga nisbatan ma’muriy tartibdagi majburlov 
choralari qo‘llaniladi. 
Skryabin M.A.ning fikriga ko‘ra voyaga yetmaganlarning jinoiy 
javobgarligi quyidagi xususiyatlarga ega: 
1) voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoyat qonunida nazarda tutilgan 
barcha jazo choralari qo‘llanilmaydi; 
2) voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyat uchun jazo 
tayinlashda sud ularning voyaga yetmaganligini yengillashtiruvchi holat 
deb hisoblaydi; 
3) voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan ozodlikdan 
mahrum qilish jazosi eng og‘ir jazo sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Voyaga yetmagan shaxslar uchun javobgarlikni belgilovchi normalar 
ikkiga bo‘linadi: 
1) jinoyat sodir etgunga qadar voyaga yetmaganlarga nisbatan 
qo‘llaniladigan normalar; 
2) norma qo‘llangunga qadar voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan 
qo‘llaniladigan majburlov choralari. 
Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan normalar 
o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ularni quyidagi ikki guruhga bo‘lish 
mumkin. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling