21-BOB. VOYAGA YETMAGANLARNI JINOIY
JAVOBGARLIKDAN VA JAZODAN OZOD QILISH
1. Voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod
qilish tushunchasi va turlari.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘llanadigan jazoning
asosiy maqsadi va vazifasi mahkumni tuzatish qayta tarbiyalash hamda
jinoyatchilikning umumiy va maxsus oldindani olishdan iboratdir. Voyaga
yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish ham
yuqoridagi maqsadni ko‘zlaydi.
Voyaga yetmaganlar:
1) faqat voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan;
2) ijtimoiy xavf katta bo‘lmagan jinoyat birinchi marta sodir
etilganida;
3) sodir etilgan qilmishning xususiyati, aybdorning shaxsi va
boshqa holatlarni hisobga olib, aybdorni jazo qo‘llamay ham tuzatish
mumkin, deb topilganida;
4) ishni voyaga yetmaganlar bilan shug‘ullanuvchi komissiyaga
topshirish yo‘li bilan javobgarlikdan ozod qilinadi.
Faqat ushbu holatlarning barchasi mavjud bo‘lgan holda voyaga
yetmagan shaxsni Jinoyat kodeksi 87-moddasi, 1-qismiga ko‘ra
javobgarlikdan ozod qilish mumkin. Shaxsni javobgarlikdan ozod qilishda
uning 18 yoshga to‘lmaganligini aniqlash bilan birga, hukm chiqarish
vaqtida yoshi ham aniqlanishi lozim. Agar hukm chiqarish vaqtiga kelib
18 yoshga to‘lgan bo‘lsa, uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish masalasi
Jinoyat kodeksining 64-68-moddalariga asosan hal qilinishi kerak.
Jinoyatchini boshqa vosita bilan tuzatish mumkin, deb topilsa,
uni jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish, shuningdek, tayinlangan
jazoning ma’lum bir qismini o‘tagandan so‘ng jazo muddati tugamasdanoq
mahkumni jazodan ozod qilish mumkin. Voyaga yetmaganlarni
javobgarlik va jazodan ozod qilishning ikki (umumiy va maxsus) turi
mavjud:
Voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarlik va jazodan
Do'stlaringiz bilan baham: |