Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
2. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish. Qonunda jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslarni jazoni o‘tashdan muddatidan oldindan shartli ravishda jazodan ozod qilishning shartlari belgilangan (JK 89-moddasi). Sud tomonidan tayinlanadigan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish mahkumlarning mehnatga halol munosabatda bo‘lishi, qonunlarni aniq bajarishi, ularni turmush qoidalarini xurmat qilish ruhida tarbiyalash va qayta tarbiyalanishi uchun muhim omildir. 494 O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 89-moddasida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish asoslari ko‘rsatilgan: 1) jinoyatning 18 yoshga to‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilishi; 2) sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan bo‘lishi; 3) jazoni o‘tash tartib qoidalariga rioya qilganligi; 4) mehnat va o‘qishga halol munosabatda bo‘lganligi; 5) faktik jihatdan: a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismi; b)og‘ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismi; v) o‘ta og‘ir jinoyat uchun, shuningdek, qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan bo‘lsa, tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda o‘tab bo‘lgan bo‘lsa, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‘llaniladi. O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan turib sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‘llanishi mumkin. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‘llanilagn shaxs jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, bir necha hukm yuzasidan (Jinoyat kodeksi 60-modda) va 86 moddada belgilangan voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashning umumiy qoidalariga asoslangan holda jazoga tortiladi. Jazodan shartli ravishda ozod qilish quyidagi xususiyatga ega: 1) shaxsni ijtimoiy hayotga moslashishiga imkon beradi; 2) qayta jinoyat sodir qilmasligi uchun nazorat qilinishini taminlaydi; 3) jazoni o‘tash muassasasidagi salbiy ta’sirni yo‘qotadi 1 . Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling