Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
birinchidan, ta’sir chorasi sifatida yetkazilgan zarar miqdorini
qoplash yuklatiladi. ikkinchidan, to‘lanadigan summa jabrlanuvchi foydasiga undiriladi, jarima esa davlat budjetiga. uchinchidan, zarar miqdori eng kam oylik ish haqining o‘n barobaridan oshmasa, sud tomonidan, agar undan ortiq bo‘lsa fuqarolik sudi tomonidan undiriladi, jarima esa jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan undiriladi. 3) voyaga yetmagan shaxsni maxsus o‘quv tarbiya muassasasiga joylashtirish. Voyaga yetmagan shaxsni maxsus o‘quv tarbiya muassasalarida bo‘lish muddati va shartlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi. Yopiq tipdagi maxsus o‘quv tarbiya muassasasida tarbiyalashning alohida usullari qo‘llaniladi. Bu ancha qattiq majburlov chorasi bo‘lib, tarbiyasi og‘ir va maxsus sharoitdagi pedogagik ta’sir choralari tadbiq etilishi shart bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‘llaniladi. Maxsus o‘quv tarbiya muassasasiga qattiq pedogagik rejim va maxsus tarbiya sharoitida tarbiyalanishi shart bo‘lgan voyaga yetmaganlar joylashtiriladi. Voyaga yetmagan shaxslarning maxsus-o‘quv tarbiya muassasalarida bo‘lishi tartibi va sharoiti, o‘quv jarayoni va tarbiyaviy ta’sirga oid ishni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Halq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. 1 1 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksi 197-modda, 2-qism, , 1997 yil 25 aprel kuni qabul qilingan. 493 Maxsus o‘quv tarbiya muassasasiga joylashtirish jazo chorasi hisoblanmaydi, chunki: birinchidan, jazo choralari tizimida ko‘rsatib o‘tilmagan. ikkinchidan, bunday muassasada bo‘lish muddati sud tomonidan belgilanmaydi. uchinchidan, sudlanganlik muddati mavjud emas. Voyaga yetmaganlarning maxsus o‘quv tarbiya muassasasida bo‘lish muddati bizning fikrimizcha sodir etilgan jinoyati uchun belgilanadigan jazoning maksimal muddatidan oshmasligi kerak. Davlat organining voyaga yetmaganning tarbiyalanishi maxsus o‘quv tarbiya muassasasida davom ettirilishi shart emas, degan xulosaga muvofiq, aybdorning maxsus o‘quv tarbiya muassasasida bo‘lishi belgilangan muddatidan oldindan asosida tugatilishi mumkin. Voyaga yetmaganning uzoq muddat maxsus o‘quv tarbiya muassasasida bo‘lishi uning keyinchalik erkinlikda normal hayot kechirishini qiyinlashtiradi, uning ijtimoiy ongini pasaytiradi, jamiyat bilan o‘zaro munosabatini uzib qo‘yadi. Shuning uchun ham majburlov choralari qonunda ko‘rsatilgan alohida hollarda qo‘llanishi mumkin. Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov chorasini qo‘llab jazodan ozod qilish, ularda jinoyat uchun jazodan ozod bo‘lish mumkin degan fikrni keltirib chiqarmasligi lozim. Sud o‘zining majburlov chorasini qo‘llash to‘grisidagi qarorida voyaga yetmagan shaxsni birinchi marta jinoyat sodir etganligi, aybini bo‘yniga olganligi va qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi, oiladagi turmush tarzi, jinoyatni sodir etishda voyaga yetmaganning ikkinchi darajali rol o‘ynaganini ko‘rsatishi lozim. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling