Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashning umumiy
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
2.Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashning umumiy
asoslari Jinoyat kodeksi 92-moddasida tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash uchun asos bo‘luvchi holatlar aniq belgilab qo‘yilgan. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi: 1) ushbu ta’sir chorasini qo‘llash masalasi ko‘rilayotgan shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etilganligi yoki hukm chiqarilgunga qadar yoxud jazoni o‘tash davomida ruhiy kasallikka chalinishi; 2) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxs ruhiy holati va sodir etilgan qilmishnng huquqiy oqibatiga ko‘ra jamiyat uchun xavfli deb topilsa; 3) sudning tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi tayinlash to‘g‘risidagi qarori mavjud bo‘lsa qo‘llaniladi. Jinoyat kodeksida ruhiy kasallikka tushuncha berilmagan, lekin Jinoyat kodeksi 92-moddasi talabidan kelib chiqsak, ruhiy kasallik belgilariga: 1) aqli norasolik holatida jinoyat sodir etish; 2) hukm chiqarilgunga qadar o‘z harakatlarini anglay olmaydigan darajada kasal bo‘lib qolishi; 3) jazoni o‘tash davomida o‘z harakatlarini anglay olmaydigan darajada kasal bo‘lib qolishi kiradi. Qonunning ushbu talabidan kelib chiqsak, bu kasallikka chalinish vaqtidan qat’iy nazar har qanday shaxsni ruhiy kasal deb topish mumkin. Shaxsning o‘z harakatlarini anglay olmaydigan darajadagi ruhiy kasalligi sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasi asosida aniqlanadi. Bunday ekspertiza surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori, sudning esa ajrimi asosida tayinlanadi. Ekspert xulosasi sud uchun oldindandan ahamiyatga ega bo‘lmaganligi sababli, sud ishni ko‘rish jarayonida ekspert xulosasiga yakuniy baho beradi. Ozodlikdan mahrum etish yoki qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan esa qamoqxona boshlig‘i, yoki ozodlikdan mahrum etish jazosini ijro etish muassasasi boshlig‘ining qaroriga asosan ekspertiza tayinlanadi. Sud-psixiatriya ekspertizasini o‘tkazishda: 1) shaxsning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan vaqtida o‘z harakatlarini idrok eta oladigan yoki idora qila olmaydigan darajada ruhiy 506 kasal yoki ruhiyati vaqtinchalik buzilgan, aqli zaif yoki boshqa kasallik holatida bo‘lganligi; 2) shaxsning jazo tayinlash vaqtda ruhiy kasal ekanligi tufayli, hukm qilish va jazolash uning tuzalishiga ta’sir ko‘rsata olmasligi; 3) ushbu kasallik surunkalimi yoki shaxs muayyan vaqt mobaynida tuzalishi mumkinmi? 4) shaxs duchor bo‘lgan ruhiy kasallik yana ijtimoiy xavfli oqibat keltirib chiqarishi yoki bunga sabab bo‘lishi mumkinmi? 5) shaxs o‘zining ruhiy holatiga ko‘ra to‘g‘ri ko‘rsatuv berishga, ko‘zdan kechirish, guvohlantirish, eksperiment o‘tkazish va boshqa tergov hamda sud harakatlarida ishtirok etishga qodirmi? 6) hozirgi vaqtda shaxsning aqli rasolikni istisno qilmaydigan ruhiy nuqsonlari bormi va ular nimalardan iborat? 1 degan savollarga javob olishi lozim. Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga nisbatan tayinlanadi. Shu bois aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga taalluqli bo‘lgan quyidagi holatlar aniqlanishi lozim: 1) jinoyatning obyekti, yetkazilgan zararning miqdori va xususiyati, jabrlanuvchi shaxsiga taalluqli bo‘lgan xususiyatlar; 2) jinoyat sodir etilgan vaqt, joy, usul, Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan boshqa holatlar, qilmish va uning oqibati o‘rtasidagi bog‘liqlik; 3) ayblanuvchi, mahkumning shaxsini tasdiqlovchi holatlar. Jinoyat qilgandan keyin ruhiy kasallikka duchor bo‘lib qolgan shaxsning jinoyat ishi bo‘yicha shaxsda jinoyat sodir etgandan keyin yuzaga kelgan va jazo qo‘llanishini istisno etuvchi ruhiy kasal ekanligi isbotlanishi lozim. 2 Agar shaxs aqli rasolik holatida jinoyat sodir etgan bo‘lsa, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash uchun sud jinoyatning hab bir elementini, shu jumladan, Jinoyat protsessual kodeksining 82-moddasida nazarda tutilgan holatlarni aniqlashi lozim bo‘ladi. Shaxsning aqli noraso ekanligini aniqlash quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi: 1) agar shaxs jinoyat sodir etganidan so‘ng, hukm chiqarilgunga qadar o‘z harakatlarini anglay olmaydigan darajadagi ruhiy kasallikka chalingan bo‘lsa, sudning tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini tayinlash 1 O’z.R Jinoyat protsessual kodeksi 567-modda. // “Аdolat”, Т:.2001. 2 O’z.R Jinoyat protsessual kodeksi 567-modda. // “Аdolat”, Т:.2001. 507 to‘g‘risidagi ajrimida jinoyatning barcha elementlari ko‘rsatilishi kerak. Bir shaxsga nisbatan bir paytning o‘zida tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini tayinlash to‘g‘risida ajrim va ayblov hukmi chiqarilishi g‘ayriqonuniy hisoblanadi. 2) Agar shaxs jinoyat sodir etish jarayonida o‘z harakatlarini anglay olmaydigan darajadagi ruhiy kasallikka chalingan bo‘lsa, shaxsning jinoyat sodir etishdagi aybdorligi masalasi hal qilinmaydi. Shaxsning ijtimoiy xavfliligidan qat’iy nazar ular tomonidan qilingan harakat yoki harakatsizlikda jinoyat tarkibi bo‘lmasa ular javobgarlikka tortilmaydilar. Keyinchalik ruhiy kasallikka duchor bo‘lib qolgan shaxs sodir etgan jinoyat bo‘yicha aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi haqida sud ajrim chiqaradi. Keyinchalik ruhiy kasallikka duchor bo‘lgan shaxsning sodir etgan jinoyati yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi tufayli mulkiy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, ziyonning o‘rnini qoplash masalasi fuqaroviy sudlov ishlarini yuritish tartibida hal etiladi. Ruhiy holati buzilgan va umumiy asosda davolanishga muhtoj bo‘lgan shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanganida, sud bu haqda shaxsning turar joyidagi sog‘liqni saqlash organiga darhol xabar qiladi. Asosiy e’tibor shaxsning amnistiya akti yoki qonunining o‘zgarishi tufayli qilmishni dekriminalizatsiya qilinganligi natijasida jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishiga qaratilishi lozim. Bunday hollarda majburlov chorasini qo‘llash masalasini hal qilishda sudlar majburiy davolash sodir etilgan jinoyatning huquqiy oqibatlaridan biri va jinoiy javobgarlikni amaliy jihatdan qo‘llanishi ekanligiga e’tibor berish lozim. Shunga asoan shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, bunday ozod qilishning asosidan qat’iy nazar majburlov choralariga ham qo‘llaniladi. Shaxsni tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasidan ozod qilish uni faqat jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishiga ta’sir qiladi. Sud majburiy davolash chorasini faqatgina shaxs jamiyat uchun xavfli deb topilgan holda qo‘llashi mumkin. Bunda shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasi nafaqat uning ruhiy holati bilan, shuningdek,, sodir etilgan qilmishning og‘irlik darajasi bilan ham belgilanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, shaxsni ijtimoiy xavfli deb topishda sud tomonidan hamma holatlar e’tiborga olinadi, lekin, shaxsning xulqini belgilovchi asoslar uning ruhiy holati asosiy mezoni bo‘lib qolishi lozim. 508 Shaxsning ijtimoiy xavfliligini belgilashda quyidagilarga e’tibor berish lozim: 1) uning o‘zi uchun yoki atrofidagilar uchun bevosita xavf tug‘dirishi; 2) uning nochorligi, ya’ni asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda qondirishga layoqatsizligi; 3) agar shaxs psixiatriya yordamisiz qoldirilgudek bo‘lsa, ruhiy holati yomonlashuvi oqibatida uning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazilishi. Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilayotgan shaxs tomonidan bir qancha jinoyatlar sodir etilgan hollarda sud tomonidan asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi lozim: 1) shaxs biror-bir jinoyati uchun sudlanmagan bo‘lsa, sud tomonidan har bir jinoyatning qanday holatda aqli rasolik yoki aqli norasolik holatida sodir etilganligi e’tiborga olinib, tibbiy yo‘sindagi majburiy davolash chorasi tayinlanadi. Ajrimda jazoning miqdori va turi ko‘rsatilmaydi. Majburlov chorasi bekor bo‘lsa ish sudda umumiy tartibda qayta ko‘riladi va aqli rasolik holatida sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlanadi; 2) sodir etilgan jinoyatlarning ayrimlari uchun bir necha hukm bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilganida. Bunda ham majburiy davolash chorasi yuqoridagidek tartibda tayinlanadi. Sud ajrimida har bir qilmish alohida ko‘rsatilishi kerak, oldindangi sud hukmi asosida tayinlangan jazo va uning muddati, jinoiy javobgarlikka tortilmagan qilmishi uchun tayinlangan majburlov chorasi (bunda jazoning turi va muddati ko‘rsatilmaydi). Majburlov chorasi bekor bo‘lsa ish sudda umumiy tartibda qayta ko‘riladi, jinoyatlar va hukmlar jami bo‘yicha jazo tayinlanadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling