Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

3. Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan 
shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash 
 
Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxslarga 
nisbatan qo‘llanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jazo o‘rniga 
emas, balki jazo chorasi bilan birga tayinlanadi, alkogolizm, giyohvandlik 
yoki zaharvandlikka chalingan shaxslarga tibbiy yo‘sindagi majburlov 
chorasini qo‘llash aqli raso bo‘lgan shaxslardan farqli ravishda jazoga 
qo‘shimcha tayinlanadi.
Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxslar 
jinoyat sodir etganda ularga nisbatan qo‘llanadigan majburlov choralari 
ularda spirtli ichimliklar va kishi ruhiyatiga ta’sir etuvchi turli moddalar 
iste’mol qilish imkoniyatini va xohishini yo‘qotishga qaratilgan. Bu ta’sir 
chorasi alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka va jinoyatchilikka 
qarshi kurash chorasi bo‘lib hisoblanadi. 
Jinoyatni sodir etishda ayblanayotgan alkogolizm, giyohvandlik, 
zaharvandlikka chalingan shaxslarga tegishli modda yoki vositalarni 
iste’mol qilishga odatlanish, o‘z xulq-atvorini oqlashning barqarorligi, 
ijtimoiy tushkunlikka tushishning boshlanishi, mastlik holatlari va boshqa 
ruhiy kamchilikning mavjudligi tufayli qo‘shimcha ravishda tayinlanadi.
Majburiy davolash faqat doimiy ravishda takrorlanadigan alkogollik
giyohvandlik yoki zaharvandlarga qo‘llaniladi. Jinoyat qonunida bu 
majburlov chorasini qo‘llashni jinoyatni alkogolli ichimliklar, 
giyohvandlik vositalari yoki zaharvandlik moddalari iste’mol qilgan 
holatda sodir etganligi bilan bog‘lamaydi. 


513
Sudning tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llashi uchun 
jinoyat sodir etgan shaxsning alkogolizm, giyohvandlik yoki 
zaharvandlikka chalinganligi tufayli majburiy davolanishga muhtojligi 
haqidagi tibbiy xulosa asos bo‘ladi Bunday shaxslarni tibbiy ko‘rikdan 
o‘tkazish komissiyasi tarkibiga vrach-psiholog yoki vrach-narkolog kirishi 
lozim. Tibbiy komissiyaning xulosasi barcha isbotlash vositalari kabi sud 
tomonidan ko‘rib chiqiladi va baholanadi. 
Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxslarga 
nisbatan tayinlanadigan majburlov chorasi sud hukmi bilan tayinlanadi, 
biroq uning muddati ko‘rsatilmaydi.
Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxslarga 
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash ozodlikdan mahrum qilish 
yoki qamoq jazosi bilan birga qo‘llanilgan bo‘lsa, davolash jazoni o‘tash 
joylarida, jazo muddati tugagandan so‘ng esa umumiy asoslarda tibbiy 
muassasalarda amalga oshiriladi.
Agar aybdor ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan 
jazoga hukm qilingan bo‘lsa, tibbiy muasasalarda majburiy davolanishi 
lozim. Davolash nevrologiya dispanserlarida olib boriladi. 
Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlik majburiy davolanishga 
mahkum etilgan barcha shaxslar tezroq davolanishdan manfaatdordirlar, 
chunki davolanish shaxsning erkini muayyan darajada cheklash bilan 
bog‘liq bo‘ladi. Majburiy davolash choralari mazkur davolashga zarurat 
qolmaganligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa asosida sud tomonidan bekor 
qilinadi. Buning uchun davolash kursini o‘tganlik fakti asos bo‘lmaydi. 
Agar shaxs alkogolli ichimliklar, giyohvandlik yoki psixotrop moddalarni 
qaytadan iste’mol qilishi mumkin bo‘lsa, davolash tugagan deb 
hisoblanmaydi. Bunday hollarda davolash davom ettirilishi lozim. 
Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxslarga 
nisbatan tayinlangan majburlov chorasi davolash muasasasining xulosasiga 
muvofiq sud ajrimi bilan to‘xtatiladi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling