Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchi toifadagi
Uchinchi toifaga jazoni o‘tash vaqtida ruhiy kasallikka chalingan
shaxslar kiradi. Ular jazoni o‘tash vaqtida o‘z harakatining ahamiyatini anglamaydi va o‘z harakatlarini boshqara olmaydi. Bunday hollarda ularga nisbatan qamoq va jazoni ijro etish muaasasasi boshlig‘ining qarori bilan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanadi. To‘rtinchi toifadagi shaxslarga qonun jinoyatni aqli raso holatda sodir etgan, ammo alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo‘liqqanligi tufayli tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasiga muhtoj bo‘lganlar kiradi. Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslar ham umumiy asoslarga ko‘ra jinoiy javobgarlik va jazoga tortiladilar. Ularga nisbatan majburiy davolash choralari jinoiy jazo bilan bir qatorda qo‘llaniladi. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash qonuniylik, insonparvarlik, inson va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish kabi prinsiplarga asoslanadi Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslarning huqulari, ularga berilgan kafolatlar O‘zbekiston Respublikasining 2000- yil 31- avgustdagi «Psixiatriya yordami to‘g‘risidagi» Qonuni bilan tartibga solinadi. Ruhiy kasallarga psixiatriya yordami ko‘rsatish va ularni ijtimoiy himoya qilish maqsadida davlat tomonidan quyidagilar kafolatlanadi: 1) psixiatriya muassasalarida huquqiy maslahatlar berish va yuridik yordamning boshqa turlari; 2) vasiylik va homiylik masalalarini hal etish; 4) sxoshilinch psixiatriya yordami ko‘rsatish va boshqalar. Ruhiy kasallikka chalingan shaxslar: 1) o‘zlariga nisbatan inson qadr-qimmati kamsitilishini istisno etadigan muruvvatli va insoniy muomala qilinishini; 2) o‘z huquqlari haqida, shuningdek, ruhiy xastaliklari xususiyati hamda qo‘llanilayotgan davolash usullari haqida o‘zlari uchun tushunarli shaklda va o‘z ruhiy holatlari hisobga olgan holda ma’lumot olish; 3) tibbiy zaruratga ko‘ra davolashning barcha turlaridan foydalanish ; 4) sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda psixiatriya yordami ko‘rsatilishi; 5) tibbiy vositalar va usullarni sinash, ilmiy tadqiqotlar va o‘quv jarayoni obyekti tariqasida foydalanishga, foto, video yoki kinosuratga 504 olinishiga oldindandan rozilik berish va istalgan bosqichda undan voz kechish; 6) o‘zlarining talablariga binoan psixiatriya yordami ko‘rsatishda ishtirok etayotgan istalgan mutaxassisni, ushbu qonun bilan tartibga solinadigan masalalar yuzasidan tibbiy komissiyada ishlash uchun taklif etish; 7) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda advokat, qonuniy vakil yoki boshqa shaxsning yordamini olish huquqiga egadirlar. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: 1) ruhiy kasallikka chalingan shaxslar tomonidan yangi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishining oldindani olish; 2) ruhiy kasallikka chalinganlarni davolash yoki ularning ruhiy holatini yaxshilash; 3) alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan davolash va jazolashning maqsadiga erishishga ko‘maklashuvchi sharoitni yaratish. Bu maqsadlarni belgilash shaxsning ruhiy holati ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishiga olib kelgan omil ekanligini va uning ijtimoiy xavfliligidan guvohlik berishi, unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi davolash chorasini qo‘llashning zarurligi va davolash vaqtida va undan so‘ng bemorning boshqa ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishini oldindani olishga qaratilgan. Alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka chalingan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarining maqsadi sifatida qonunda mazkur bemorni davolash qayd etilgan. Jinoyat sodir etgan mazkur toifadagi shaxslarni davolashni amalga oshirish ayni vaqtda belgilangan maqsadlarga erishishning zaruriy shartlari hisoblanadi. Davolashni amalga oshirish mahkumlarning aqliy, irodaviy faoliyatiga ta’sir etuvchi spirtli ichimliklar, psixotrop moddalari va giyohvandlik vositalariga qaramligini bartaraf etishdan iborat. M.N Golodnyukning fikricha Jinoyat kodeksida belgilangan maqsadlardan tashqari tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ruhiy kasallarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadini ham ko‘zlaydi. 1 Bizning fikrimizcha ushbu maqsadning Jinoyat kodeksida ifodalanishining asosiy sababi, hozirgi vaqtda ruhiy kasallikka chalinganlarning qonuniy manfaatlari buzilayotganligidadir. 1 М.Н Голоднюк «Уголовное право В XXI веки» Москва. «ЛексЭст» 2002г 126- стр |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling