Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
NOTA BENE! Davolash deganda
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuridik oqibati deganda
NOTA BENE!
Davolash deganda, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxsni ijtimoiy hayotga moslashuvi, uning ruhiyatini o‘zgartirish maqsadida qo‘llaniladigan ta’sir chorasi tushuniladi. Bunday usulda davolash, shaxsning to‘la tuzalishini maqsad qilib qo‘ymasada, ammo shaxsni jamiyat uchun xavf tug‘dirmaydigan darajada ruhiy jihatdan tuzatishga qaratiladi. Shu yo‘sinda tibbiy majburlov chorasi asosida davolash metod va usullari, bu ta’sir chorasi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda davolanayotgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilayotgan choralar qo‘llaniladi. 1 Yuqoridagi qoidaga muvofiq tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jazo chorasi hisoblanmaydi. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari sud tomonidan tayinlanadigan davlatning majburlov chorasi bo‘lib hisoblanadi. Bu majburlov chorasi sud hukmi bilan emas, balki, sud qarori bilan begilanadi. Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi ruhiy kasallikka chalingan shaxsning qilmishini baholovchi xususiyatga ega emas, u qayta tarbiyalash maqsadini ko‘zlaydi, ruhiy kasallikka chalingan shaxs tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli qilmishning oldindani oladi, ularni davolash va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasining aniq bir turini qo‘llashdan oldindan sud belgilangan maqsadlarning har biriga erishish mumkinligiga e’tibor qaratishi lozim. Shunday qilib tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari jinoiy jazo chorasidan o‘z asosiga, tuzilishiga va yuridik oqibatiga ko‘ra farq qiladi. Yuridik oqibati deganda, sudlanganlik holatining vujudga kelishi tushuniladi. Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi sudlanganlik holatini keltirib chiqarmaydi. Agar alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan jazo chorasi bilan birga tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llash bilan birga qo‘llanilagan bo‘lsa, sudlanganlik muddatini hisoblashda majburlov choralari tayinlangan muddat hisobga olinmaydi. Agar shaxs jazoni o‘tash vaqtida ruhiy kasallikka chalinganligi uchun jazodan ozod qilingan bo‘lsa, sudlanganlik muddati jazoning haqiqatda o‘talgan qismiga nisbatan hisoblanadi. Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash uchun: 1) ijtimoiy xavfli qilmishning aqli norasolik holatida sodir etilishi; 1 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 2000 yil 31 avgustidagi «Psixiatriya yordami to’g’risida »gi Qonuni. 502 2) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli raso bo‘lgan, lekin sud hukmi chaqarilgunga qadar o‘z qilmishining ahamiyatini anglab yetish yoki o‘z harakatini boshqarish qobiliyatidan mahrum etadigan ruhiy kasallikka chalinishi; 3) jinoyat sodir etganligi uchun jazoga mahkum qilingan, lekin jazoni o‘tash vaqtida ruhiy kasallikka chalinib o‘z qilmishining ahamiyatini anglab yetish yoki o‘z harakatini boshqarish qobiliyatidan mahrum bo‘lishi; 4) alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlik kasalligiga yo‘liqqan shaxslarning jinoyat sodir etishi asos bo‘lib hisoblanadi. Tibbiy yo‘sindagi maburlov choralari yuqorida keltirilgan to‘rt toifadagi shaxslarga nisbatan sud tomonidan qo‘llaniladi. Bu toifadagi kishilarning har biri maxsus belgilarga ega. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling