Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
3 KIRISH Qonunlar so‘zsiz bajarilgandagina biz huquqiy davlat qurishimiz mumkin. Islom KARIMOV. Bugungi kunda mamlakatimizda keng qamrovli sud-huquq islohotlari amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida Prezidentimiz davlatimizning ichki va tashqi siyosati, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalardagi islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha asosiy vazifalar to‘g‘risidagi ma’ruzasida uzoq muddatga mo‘ljallangan dasturulamal nazariy fikr va g‘oyalarni bildirdi. 1 Jamiyatimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni yanada rivojlantirish va ularni takomillashtirish asoslarining tub zaminiga to‘xtalib, Prezidentimiz jamiyatimizni demokratlashtirish va yangilanish konsepsiyasini, shuningdek,, mamlakatimizni 2005-yil va kelgusi davrda modernizatsiya va isloh qilish bo‘yicha oldimizga qo‘yiladigan asosiy vazifalarga to‘xtalib, bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidan og‘ishmay, izchil va qat’iat bilan borish lozimligini ta’kidladilar. Prezidentimizning 2005-yil 1-avgustidagi «O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida»gi hamda 2005-yil 8-avgustdagi «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida»gi Farmonlari esa sud-huquq tizimini liberallashtirish yo‘lidagi yana bir pillapoya desa bo‘ladi. Farmonlarda 2008 yil 1 yanvardan boshlab o‘lim jazosini bekor qilish va jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlar vakolatiga o‘tkazilishi qayd etilgan. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq yuksak malakali, bilimli, yetuk kadrlarni tayyorlashning asosiy bo‘g‘ini oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash hisoblanadi. Yurisprudensiya yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun «Jinoyat huquqi» fanining «Umumiy» 1 I.A.Karimov Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va islox etishdir. T.: “O`zbekiston”, 2005 y. 47-48 b. 4 qismidan yozilgan darslik ham yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga xizmat qiladi. Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining tarkibiy qismi bo‘lgan jinoiy jazolarning liberallashtirilayotganligi jinoyat huquqi fani va jinoyat qonunlarining yanada chuqurroq o‘rganilishini taqozo etadi. Ushbu darslik ham talabalarga jinoyat huquqi «Umumiy» qismidan keng, batafsil bilim berishga mo‘ljallangan. Darslikdagi mavzular Jinoyat kodeksining 2005-yil 1-avgustgacha kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda yoritilgan. Xususan, jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan jinoyatlarning tasnifi, yarashilganligi munosabati jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, jazo tizimini liberallashtirish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi qarorlarini, sud-tergov amaliyotini tahlil etish asosida yoritib berilgan. Huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zaruriy sharti — bu qonunlarning so‘zsiz bajarilishidir. Qonunlarning bir xilda va so‘zsiz bajarilishi bo‘lajak huquqshunoslarimizning o‘z vazifasiga munosabati va zimmasidagi mas’uliyatni his qilishiga bog‘liqdir, Ayniqsa, jinoyatchilikka qarshi kurash olib boruvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning bo‘lajak xodimlari, huquqshunoslarga jinoyat tarkibiy elementlari, jinoyatlar tasnifi, javobgarlik asoslari, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, jazo tushunchasi, turlari, jazo tayinlash, javobgarlik va jazodan ozod qilish, sudlanganlik, voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari kabi mavzular talabalarga tushunarli, sodda va ravon tilda bayon qilib berilgan. Darslik adolatli, odil, fozil huquqshunoslarni tarbiyalashga o‘z hissasini qo‘shadi, degan umiddamiz. Ushbu darslik muallifning qator darsliklar, monografiyalarni tayyorlash jarayonida orttirgan tajribasi, chet ellik olimlarning mazkur sohada erishgan yutuqlari, sud-tergov amaliyotiga asoslanib yozilgan. Darslikning yana bir qulay jihati shundaki, u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «Umumiy» qismi bo‘lim va boblari bo‘yicha yozilgan, har bir mavzudan keyin talabalarning olgan bilimlarini sinab ko‘rishlari uchun mavzuga doir savollar berilgan. Shuni ta’kidlash joizki, ilm-fan, qonunlar doimo rivojlanishda, shu sababdan kelajakda yanada mukammal darslik, o‘quv adabiyotlari yaratilishini nazarda tutib, muallif har qanday taklif va mulohazalarni minnatdorchilik bilan qabul qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling