Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Ijtimoiy (ijtimoiy) metod


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

3. Ijtimoiy (ijtimoiy) metod - jinoyat huquqining turli jihatlari 
bo‘yicha har xil toifadagi shaxslar - huquqni muhofaza qiluvchi organlar 
xodimlari, huquqshunos olimlar, oddiy aholi, mahkumlardan olingan 
surovlar (anketa, intervyu, ekspert baxosi)dan iborat bo‘ladi va bunday 
surovnomalar orqali ma’lum bir jinoyat-huquqiy xodisa haqida ma’lumot 
olish mumkin. 
4. Tizimli metod - ma’lum bir tizim(guruh)ga kiruvchi jinoyat-
huquqiy xodisalar va tushunchalar yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib 
borishda ifodalanadi. Bu metoddan qonun ijodkorligi, huquqni qo‘llashda, 
shuningdek, jinoyat qonuni, jinoyat huquqi prinsiplari, jinoyat, ayb, jinoiy 
javobgarlik va jazodan ozod qilish kabi institutlarni o‘rganish hamda 
ularni amalda qo‘llash maqsadida foydalaniladi. 
Bu metodga ko‘ra, Jinoyat kodeksining bo‘lim, bob va moddalari o‘z 
joylashuvi bo‘yicha tizimlilik tamoyiliga javob berishi kerak, moddalarni 
tashkil qiluvchi gipoteza, dispozitsiya va sanksiya esa yaxlitlikda 
mikrotizimni tashkil etadi.
5. Qiyosiy-huquqiy (komparativistik) metod turli xil huquqiy tizim 
va davlatlardagi jinoyat qonunlarini kiyoslab, ularning farqlarini o‘rganish 
maqsadida qo‘llaniladi. Bu metod nafaqat qonunchilikda, balki huquqni 
qo‘llash borasida va fanda ham qo‘llanilishi mumkin. 
6. Tarixiy-qiyosiy metod qonunchilik va huquqni qo‘llash borasida 
sinalgan tajribani amalga oshirish uchun ahamiyatli hisoblanadi. Masalan, 
halqaro jinoyat huquqidagi Nyurnberg va Tokio (harbiy jinoyatchilarga 
qarshi) sud protsesslari okibatida "Kriminologiya" fani mustaqil yuridik 
fan va o‘quv intizomi sifatida vujudga keldi. 
Yuqoridagi metodlardan tashqari qonuniylik, amaliy va ilmiy 
faoliyatning keng qo‘llanilishi natijasida modellashtirish, kibernetika kabi 
matematik metodlar ham mavjud bo‘lib, bilish metodlari sifatida 
qo‘llaniladi. Masalan, kibernetik metodlar har xil turdagi ma’lumotlarni, 
xususan, jinoyat-statistikasi, ijtimoiy-huquqiy, umumiy-sud, tergov va 
prokuratura organlarining amaliyoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni qayta 


22 
ishlashda qo‘llaniladi. Xozirgi kunda bunday metodlardan yuridik o‘quv 
yurtlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda keng qo‘llanilmoqda. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling