Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

1. Yuridik metod o‘z ichiga qonunchilik texnikasi va qonunni 
sharhlash metodlarini qamrab oladi. 
Qonunchilik texnikasi metodi huquq ijodkorligida keng qo‘llanilib, 
Jinoyat kodeksi va uning har bir moddasi anik, to‘g‘ri va mantiqiy jihatdan 
mos bo‘lishi uchun normalar dispozitsiyasi va sanksiyasining tuzilishi 
qoidalari ma’lum bir talablariga javob berishi kerak. 
Qonunni sharhlash metodi esa aniqligi va yuridik shakliga ko‘ra:- 
grammatik, mantikiy, qiyosiy sharhlash; xajmiga ko‘ra - autentik
kengaytirilgan, chegaralangan sharh kabi sharhlash turlaridan iborat. 
2. Jinoyat-statistikasi - mikdor ko‘rsatkichlari orqali ma’lum bir 
jinoyat-huquqiy xodisalar va tushunchalarni bilib olishga qaratilgan 
metoddir. 
Bu metod orqali ma’lum bir mezonlar bo‘yicha umumiy mikdor 
o‘lchovlari amalga oshiriladi, bunday o‘lchovlar normalar, ularning 
dispozitsiya va sanksiyalari, aybdorlik darajasi, sudlanganlik kabi 
mezonlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Masalan, bir yil ichida 
sodir etilgan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan, og‘ir 
va o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha statisik ma’lumotlar yoki bunday 
1
" Ugolovnoye pravo Rossiyskoy Federasii". Obshaya chast: Uchebnik // Pod. red. B.V. Zdravomislova – 
Izd. 2-е, pererab. i dop. – М.: Yurist, 1999 – S. 30. 
2
"Kurs ugolovnogo prava". Obshaya chast. Tom 1: Ucheniye o prestuplenii. Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. 
dok. yurid. nauk. prof. N.F. Kuznetsovoy i kond. yurid. nauk. dotsenta I.M. Tyajkovoy.- М: Izd. Zersalo, 
1999. - С. 8-11 


21 
jinoyatlar uchun qo‘llanilgan sanksiyalarning mikdor ko‘rsatkichlari 
jinoyat-statistikasi metod orqali aniklanadi. 
Jinoyat-statistikasi metodning ahamiyati shundaki, bu metod orqali 
huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki ilmiy xodimlar tomonidan 
aniklangan jinoyatlar kvalifikatsiyasi, jazo va javobgarlikdan ozod qilish 
bo‘yicha sud amaliyoti meteriallari o‘rganib chiqilib, jinoyatchilikka 
qarshi kurashning samarali vositalarini tanlash va tavsiyalar ishlab 
chiqiladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling