Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Umumiy oldindani olish funksiyasi jinoyat sodir etilmasdan avval 
uning oldindani olishga qaratilgan bo‘lib, javobgarlikning mukarrarligi 
prinsipi, qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi haqidagi normalarni 
o‘rnatish, ya’ni jamiyat a’zolari tomonidan jinoyat sodir etilganida ularni 
jazolash bilan qo‘rqitish orqali amalga oshiriladi. Bu funksiya jamiyatdagi 
barcha shaxslarga qaratilganligi uchun "umumiy oldindani olish" deb 
ataladi. 
Maxsus oldindani olish funksiyasi jinoyat sodir etilganidan keyin 
yangi jinoyat sodir etishni oldindani olishga qaratilgan bo‘lib, jinoyat 
huquqiy taqiqlarni buzib jinoyat sodir etgan shaxsni jinoiy javobgarlikka 
tortish hamda unga jazo tayinlash yoki boshqa jinoyat huquqiy ta’sir 
choralarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu bilan jinoyatchi 
javobgarlikka tortilganida u tomonidan boshqa jinoyat sodir etilishini 
oldindani olish maqsad qilib qo‘yiladi. Ushbu funksiya faqat jinoyat sodir 
etgan shaxsga nisbatan qaratilganligi uchun "maxsus oldindani olish" deb 
ataladi. 
Jinoyat huquqining jinoyatni oldindani olish funksiyasi quyidagi 
vositalar orqali hal etiladi: 
1) jinoyat huquqining umumiy qoidalari;
2) jazo qo‘llashning umumiy va maxsus qoidalari; 
3) jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni belgilovchi normalar
4) jinoyat sodir etganligida chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish 
haqidagi normalar; 
5) jinoiy qilmishni istisno qiluvchi holatlarni belgilovchi normalar; 
6) ikki yunalishdagi ogohlantiruvchi normalar.
2
U yoki bu qilmishni jinoyat deb e’lon qilish va ularga normalarini 
sanksiyalaridagi jazoni belgilanishining o‘zi bilan jinoyat qonunchiligi 
shaxsning ruhiyatiga ta’sir qiladi. qilmishning jinoiyligi va ular uchun jazo 
1
" Ugolovnoye pravo. Obshaya chast». (Uchebnik. Pod. red. N.I. Vetrova, Yu.I. Lyapunova»- М.: Noviy 
yurist, Kno Rus, 1997. - С. 30. 
2
Kurs ugolovnogo prava". Obshaya chast. Tom 1: Ucheniye o prestuplenii. Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. 
dok. yurid. nauk. prof. N.F. Kuznetsovoy i kond. yurid. nauk. dotsenta I.M. Tyajkovoy.- М: Izd. Zersalo, 
1999. - S. 13., Kuznesova N.F. Profilakticheskaya funksiya ugolovnogo prava zakona"// Ugolovnoye pravo. 
1998. № 1/28. - S. 20.


15 
tayinlashning to‘g‘riligi jinoyat huquqining umumiy oldindani olish 
xususiyatini ifodalaydi. 
Jinoyat huquqining jinoyatni oldindani olish funksiyasini huquqiy 
muhofaza qilish vositasi bo‘lib jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish va 
chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish haqidagi normalarni ham o‘z ichiga 
oladi. Jinoyat kodeksi 26-moddasiga ko‘ra, shaxs jinoyatga tayyorganlik 
ko‘rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan 
harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to‘xtatsa, 
shuningdek, jinoiy okibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, 
shunday okibat kelib chiqishini oldindani olsa, jinoyat sodir etishdan 
ixtiyoriy qaytish deb topiladi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish 
javobgarlikni istisno qiladi. Ya’ni jinoyat qonunchiligi jinoiy qilmishni 
boshlagan va jinoiy okibat kelib chikkunga kadar bunday qilmishni 
ixtiyoriy ravishda to‘xtatgan shaxsning "oltin ko‘prik" vazifasini 
bajaruvchi javobgarlikdan ozod qilinishi belgilab qo‘yilgan. 
Jinoyat kodeksi 66-moddasida aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan 
pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish 
belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unga binoan, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki 
uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar 
jinoyat sodir qilingandan keyin jinoyat tufayli yetkazilgan zararni ixtiyoriy 
ravishda bartaraf qilib, aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin 
ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va jinoyatning ochilishiga faol yordam 
bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. 
Ikki yunalishdagi ogohlantiruvchi vositalar yordamida og‘ir 
jinoyatlarning oldindani olish maqsadida jinoyat qonunida og‘ir va o‘ta 
og‘ir jinoyatlar uchun shart-sharoit yaratuvchi uncha og‘ir bo‘lmagan 
jinoyatlarning oldindani olishga harakat qilinadi. Masalan, o‘g‘irlangan 
narsani sotib olish uchun jazo belgilash orqali jinoyat qonunida o‘g‘irlik 
jinoyati sodir etilishining oldi olinadi. Yoki, shaxsning xayoti va 
sog‘lig‘iga tajovuz qilganlik uchun jazo belgilash orqali jinoyat qonuni 
odam o‘ldirish, shaxsga og‘ir va o‘rtacha og‘ir darajadagi shikast yetkazish 
kabi jinoyatlar sodir etilishining oldindani oladi. Bunday normalar ikki 
yunalishdagi yoki ikki obyektli ogoxlantiruvchi normalar deyiladi. 
Demak, jinoyat huquqining jinoyatni oldindani olish funksiyasi bir 
necha institut va normalar tizimi orqali hal etilib, ular: 
a) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik; 
b) qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarni belgilash orqali 
zarar yetkazilishini oldindani olish; 


16 
c) boshlangan jinoyatdan ixtiyoriy qaytishni belgilash orqali jinoiy 
okibat yuz berishini oldindani olish; 
d) chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishni belgilash orqali yetkazilgan 
zararni bartaraf etish
e) jinoyat sodir etganlikda aybdor shaxslarni jazolash orqali retsidiv 
jinoyatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.
1
Jinoyat huquqining tarbiyaviy funksiyasi O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolarini Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruxida tarbiyalash 
vazifasini bajarishga qaratilgan. Bu funksiya fuqarolarning huquqiy ongini 
oshirish, ularning shaxsi, huquq va erkinliklari qonun bilan ximoya 
qilinganligiga hamda jinoyat sodir qilgan shaxsning jazolanishi 
mukarrarligiga ishonch ruhida tarbiyalash maqsadini ko‘zlaydi. 
Yuqoridagi funksiyalardan tashqari, jinoyat huquqi jinoyatchilikka 
qarshi kurash olib borishda ko‘maklashadigan fuqarolarni rag‘batlantirish 
va ularga imtiyozlar berish funksiyasini ham bajaradi. Jinoyat qonunida 
qilmishida jinoyat tarkibi mavjud bo‘lsa ham, bunday qilmishi orqali 
fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlarini ximoya qilgan shaxslarni 
rag‘batlantiruvchi maxsus normalar nazarda tutilgan. Masalan, Jinoyat 
kodeksi Umumiy qismidagi 35-41-moddalar ("qilmishning jinoiyligini 
istisno qiluvchi holatlar"), shuningdek,, Jinoyat kodeksi Maxsus qismidagi 
ayrim normalar, masalan, 211-modda (pora berish), 212- modda (pora 
olish-berishda vositachilik qilish), 248-modda (kurol, o‘q-dorilar, 
portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda 
egalik qilish), 273-modda va hk.
Jinoyat kodeksi 211-moddasi 4-qismiga ko‘ra, basharti, shaxsga 
nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va bu shaxs jinoiy 
harakatlar sodir etilgandan keyin bu xakda o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin 
ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan 
bo‘lsa, bunday shaxs javobgarlikdan ozod etiladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling