Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jinoyat huquqining tartibga solish metod


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
3. Jinoyat huquqining tartibga solish metod 
(uslublari)lari 
Huquq nazariyasiga ko‘ra, huquq sohalari bir-biridan tartibga solish 
predmeti va metodlariga ko‘ra farqlanadi. Huquq sohasining tartibga solish 
predmeti o‘z navbatida tartibga solish metod (uslub)larini belgilaydi. 
Xususan, jinoyat huquqi metodlari jinoyat huquqi predmetidan kelib 
chiqadi. Jinoyat huquqi predmeti jinoyat huquqi normalari bilan tartibga 
solinadigan ijtimoiy munosabatlarni bildirsa, jinoyat huquqi metodlari 
ushbu ijtimoiy munosabatlar qanday usullar bilan tartibga solinishini 
anglatadi. 
Jinoyat-huquqiy tartibga solish metod(uslub)lari deganda jinoyat 
huquqining predmeti hisoblangan ijtimoiy munosabatlari bilan jinoyat-
huquqiy ta’sir etish usul va uslublari yig‘indisi tushuniladi. 
Jinoyat-huquqiy tartibga solish metodi jinoyat qonunchiligida 
ko‘rsatilgan choralarni qo‘llash bilan qo‘rqitish, jinoyat sodir etishda 
aybdor deb topilgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish choralarini 
qo‘llashda ifodalanadi. Jinoiy javobgarlik tushunchasi jinoyat-huquqiy 
tartibga solishning asosini tashkil etib, o‘z navbatida jamiyat va davlat 
1
Разгильдяев Б.Т. "Задачи Уголовного права Российской Федерации и их реализация" Саратов, 1993. 
- С. 4,5
Jinoyat huquqining tartibga solish 
metodlari 
Tartibga solish metodi
Muhofaza qilish metodi 


11 
manfaatlarini himoya qilgan holda jamiyat va uning a’zolari ijtimoiy 
xavfsizligi hamda huquq-tartibotni ta’minlaydi. 
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda jinoyat huquqi metodlariga 
jinoyat huquqi normalarining tarkibi (dispozitsiya, sanksiya) turlicha ta’sir 
etadi. Jinoyatchini jinoyat huquqi normalaridagi sanksiya qiziqtirsa
surishtiruv va tergov organlari uchun jinoyat huquqi normalari 
dispozitsiyasi jinoyatni kvalifikatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega. 
Sudlar uchun esa moddaning dispozitsiya va sanksiyasi jazo tayinlashda 
ahamiyat kasb etadi. 
Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda quyidagi formulani keltirib 
chiqarish mumkin:
"Jinoyat sodir etildimi, jinoyat-huquqiy mexanizm o‘zining tartibga 
solish funksiyasini to‘liq bajarishi kerak". 
Jinoyat-huquqiy tartibga solish metodi sifatida jinoiy javobgarlik 
shaxslarning xatti-harakatiga ta’sir etishning ikki: salbiy va ijobiy jihatini 
o‘z ichiga oladi. 
Jinoyat-huquqiy tartibga solish metodining salbiy jihati shaxsning 
xatti-harakatlarini jinoyat deb baholash bilan bog‘liq bo‘lib, shaxs jinoyat 
sodir etishi bilan unga ta’sir etishda ifodalanadi. Bunday holatlarda shaxs 
jinoiy javobgarlikka tortilib, uni hukm qilish va unga jazo tayinlash 
masalasi hal etiladi. 
Ijobiy jihat esa shaxsning xatti-harakatlarini ijobiy (qonuniy) deb 
baholash bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsning obyektiv zarurat tufayli vujudga 
kelgan ijtimoiy foydali xatti-harakatlariga ta’sir etishda ifodalanadi.
1
Demak, jinoyat huquqi huquq sohasi sifatida o‘zining predmeti 
hisoblanuvchi ijtimoiy munosabatlarga tartibga soluvchi metodi orqali 
ta’sir etadi. Jinoyat huquqiy tartibga solishning bunday metodi (usuli) 
jinoyat deb hisoblanuvchi ijtimoiy xavfli qilmishlarga qarshi 
kurashishning jinoyat-huquqiy vositalarini qo‘llashda ifodalanadi. 
Jinoyat huquqining muhofaza qilish funksiyasi ushbu huquq 
sohasining majburiy ta’sir etish metodi orqali amalga oshiriladi. Bunday 
metodlar adolatni o‘rnatish maqsadida jinoyatchilarga qonunda 
ko‘rsatilgan majburlov choralarini qo‘llashda ifodalanadi.
2
 
Demak, jinoyat huquqining huquqiy-tartibga solish metodlarini ikki: 
1. 
Tartibga soluvchi; 
2. 
Muhofaza qiluvchi guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin. 
1
"Ugolovnoye pravo". Obshaya chast. Uchebnik dlya vuzov. Ovt. red - dok. yurid. nauk, prof. Z.А. 
Neznamova - М.: Izd. gruppa «Infra-Norma»*М, 1999. - S. 16,17. 
2
" Ugolovnoye pravo. Obshaya chast». (Uchebnik. Pod. red. N.I. Vetrova, Yu.I. Lyapunova»- М.: Noviy 
yurist, Kno Rus, 1997. - S. 30,31. 


12 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling