Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
-BOB. JINOYAT HUQUQI TUSHUNCHASI VA PREDMETI
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyat huquqi
- Jinoyat qonunchiligi
1-BOB. JINOYAT HUQUQI TUSHUNCHASI VA PREDMETI
1. Jinoyat huquqi tushunchasi Jinoyat huquqi tushunchasi ikki: qonunchilik sohasi va huquq tarmog‘i ma’nosida qo‘llaniladi. Yurisprudensiya, ya’ni yuridik fanlar tizimida ham jinoyat huquqi mustaqil huquqiy fan sifatida muhim o‘rin egallagan. Jinoyat huquqi boshqa huquq tarmoqlaridan, xususan, maxsus huquq tarmoqlaridan o‘ziga xos vazifalari, predmeti va tartibga solish metod(uslub)lari bilan farq qiladi. Jinoyat huquqi qilmishning jinoiyligi va bunday jinoiy qilmishlar uchun tayinlanadigan jazo choralarini belgilovchi hamda jinoyat sodir etilishi bilan yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar tizimidir. Jinoyat huquqi huquq tizimining mustaqil huquq tarmog‘i bo‘lib, qilmishning jinoyat ekanligini, jinoiy javobgarlikning asoslari va chegaralari, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlarni belgilovchi Oliy davlat hokimiyati organi tomonidan o‘rnatilgan huquq normalari yig‘indisidir. Jinoyat qonunchiligi – Oliy davlat hokimiyati organi tomonidan o‘rnatilgan jinoyat deb hisoblanadigan qilmishlar doirasi, ularni sodir etganlik uchun javobgarlik, jazo tayinlash, jazo turlari va hajmi, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish asoslari, shuningdek,, jinoiy javobgarlik asoslari va prinsiplarini belgilovchi huquq normalari majmuidan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimidagi mustaqil qonunchilik sohasidir. Mustaqil huquq tarmog‘i hisoblangan jinoyat huquqidan farqli ravishda jinoyat huquqi fani davlatning jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi siyosati hamda jinoyat huquqining tarixiy taraqqiyot bosqichlari bo‘yicha qarashlar, g‘oyalar va fikrlar tizimini, shuningdek,, jinoyat huquqining o‘rganish predmeti, metodlari, vazifalari, tizimi va shu kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bu fan jinoyat huquqi normalarining majmui sifatida uning tarixini, qo‘llash amaliyotini o‘rganadi hamda bu borada turli xil ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar olib borilishini taqozo etadi. Bundan tashqari, jinoyat huquqi tushunchasi o‘quv intizomi sifatida qo‘llanilib, u yuridik o‘quv yurtlaridagi jinoyat huquqi bo‘yicha o‘quv materiallari va mavzu rejalarini o‘z ichiga oladi. 6 Demak, jinoyat huquqi tushunchasi: huquq tarmog‘i, qonunchilik sohasi, yuridik fan va o‘quv intizomi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Jinoyat huquqi huquq tarmog‘i sifatida umummajburiylik va mustaqillik xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi. 1 Jinoyat huquqining umummajburiylik xususiyati shunda namoyon bo‘ladiki, shaxs jinoiy qilmish sodir etdimi – u javobgarlikka tortilishi kerak. Jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsni javobgarlikka tortish esa davlat tomonidan majburlov choralari(kuchi)ni qo‘llash orqali ta’minlanadi. Jinoyat huquqining bunday xususiyatga egaligi ushbu huquq sohasi normalarining imperativligini bildiradi. Jinoyat huquqining umummajburiylik xususiyati quyidagi ikki omil bilan belgilanadi: Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling