Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

birinchidan, jabrlanuvchini himoya qilish, uning huquqlari va 
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini tiklash hamda jinoiy qilmish 
natijasida yetkazilgan zararni qoplash; 
ikkinchidan, jinoiy qilmish sodir etgan shaxsni tarbiyalash, uni 
jinoiy javobgarlikka tortish, jinoiy oqibatni, ya’ni jinoyat tufayli 
yetkazilgan zararni bartaraf etishga majburlash.
2
Boshqacha qilib aytganda, jinoyat huquqining umummajburiylik 
xususiyati jamiyat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishning 
jinoyat-huquqiy mexanizmi hisoblanib, jamiyatdagi har bir shaxsning 
xavfsizligini ta’minlovchi shart-sharoitlarni ifodalaydi. Bunday shart-
sharoitlarning yetarli darajada bo‘lishi davlatning huquqiy tartibga solish 
funksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, jinoyat huquqining ijtimoiy tartibga solish 
funksiyasini hamda mavqeini belgilab beradi. 
Jinoyat huquqining mustaqillik xususiyati uning boshqa ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi huquq sohalaridan ajratilganligini 
bildirmaydi, balki jinoyat huquqining mustaqilligi uning huquq sohasi 
sifatida davlat va jamiyat manfaatlari, xavfsizligi va normal rivojlanishiga 
tajovuz qiluvchi qilmishlarni jinoyat deb topish uchun asos bo‘luvchi 
belgilar doirasini mustaqil o‘rnata olishida ifodalanadi. 
Huquq sohasi va o‘quv intizomi sifatida jinoyat huquqining 
mustaqilligi quyidagi ikki belgi orqali namoyon bo‘ladi: 
1) tartibga solish predmeti, ya’ni jinoiy qilmish sodir etilganidan 
keyin jinoyat sodir etgan shaxs va maxsus vakolatli huquqni muhofaza 
1
"Уголовное право. Общая част”. ((Учебник для ВУЗов). Под общ. редакцией доктора юр. наук, 
проф., З.А.Незнамова) // “Инфра-Норма”, М:.1999, С-3,4. 
2
O‘sha yerda. - S-4. 



qiluvchi organlar orqali davlat o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy 
munosabatlar; 
2) tartibga solish metodi (uslubi), ya’ni huquqbuzarliklarga olib 
keluvchi qilmishlarni ma’lum bir shaklda jinoyat-huquqiy taqiqlash, 
jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish va 
jazo tayinlashni belgilash. Bir so‘z bilan aytganda, jinoyat huquqining 
tartibga solish metodi-jinoyat huquqi predmeti hisoblangan ijtimoiy 
munosabatlarga ta’sir etish usullari va vositalari yig‘indisidan iborat. 
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib xulosa qilib aytganda, jinoyat huquqi – 
qilmishning jinoiyligini, jinoiy javobgarlikka tortish asoslari va 
prinsiplarini, jazo tayinlash, jazo turlari va hajmini, jinoiy javobgarlik va 
jazodan ozod qiluvchi holatlarni belgilovchi oliy davlat hokimiyati organi 
tomonidan o‘rnatilgan huquq normalari majmuidan iborat huquq 
tizimidagi mustaqil huquq sohasidir.
1
Shu tariqa, jinoyat huquqi keng ma’noda juda murakkab, keskin 
salbiy ijtimoiy voqelik hisoblangan jinoyatchilikka qarshi kurashish 
sohasidagi me’yoriy normalar manbai sifatida tushuniladi. 
Jinoyat huquqining boshqa huquq sohalaridan mustaqil ekanligi 
uning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi bilan tavsiflanadi: 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling