Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jinoyat huquqining vazifalari (funksiyalari)


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
Jinoyat huquqining vazifalari (funksiyalari). 
Jinoyat huquqining vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksida anik belgilangan bo‘lib, kodeksning 2-moddasiga ko‘ra, jinoyat 
huquqining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va 
davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muxitni, tinchlikni, insoniyat 
xavfsizligini jinoiy tajovuzlaridan qo‘riqlash, shuningdek, jinoyatlarni 
oldindani olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga 
rioya qilish ruxida tarbiyalashdan iboratdir. 
Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun kodeks javobgarlik 
asoslari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat ekanligini 
aniklaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan 
qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini 
belgilaydi. 
Bizga huquq nazariyasidan ma’lumki, har bir huquq sohasi o‘z oldiga 
qo‘ygan vazifalarni ma’lum bir o‘ziga xos funksiyalar orqali amalga 
oshiradi. 
Yuqorida jinoyat qonunida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar jinoyat 
huquqining quyidagi: 
1. Tartibga solish (regulyativ; 
2. Muhofaza qilish (negativ); 
3. Oldindani olish (profilaktik); 
4. Tarbiyaviy funksiyalari orqali bajariladi 
Jinoyat huquqi o‘zining tartibga solish funksiyasi orqali jinoyat 
qonunida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilish maqsadida jinoyat 
huquqiy normalar orqali shaxsning xatti-harakatlariga ta’sir etadi. Bu 
Jinoyat huquqining
tartibga solish metodlari 
Tartibga solish
 
funksiyasi
 
Muhofaza qilish 
funksiyasi 
Tarbiyaviy
funksiyasi
 
Oldini olish 
funksiyasi
 


13 
funksiya orqali ma’lum bir xatti-harakatlar taqiqlab qo‘yiladi ("o‘g‘rilik 
qilma", "bosqinchilik qilma"). 
Tartibga solish funksiyasi orqali jinoyat huquqi jinoyat sodir 
etilganidan keyin vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
soladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling