Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

1. Umumiy normalar (umumiy qism normalari) 
2. Maxsus normalar (maxsus qism normalari). 
Umumiy normalar jinoyat huquqining umumiy qoidalari va 
tushunchalarini, ya’ni jinoyat huquqi vazifalari va prinsiplari, jinoyat 
qonunining amal qilish doirasi, jinoyat tushunchasi, jinoiy javobgarlik va 
uning asoslari, jinoyat sodir etish bosqichlari, ishtirokchilik, bir kancha 
jinoyatlar tushunchasi, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarni 
belgilab beradi. 
Maxsus qism normalarida esa har bir jinoyat tarkibi uchun jinoiy 
javobgarlikning xajmi va xususiyatini aniq ko‘rsatiladi. 
Jinoyat huquqining umumiy va maxsus normalari bir-birga bog‘liq 
bo‘lib, o‘z navbatida umumiy normalar maxsus normalar uchun asos 
vazifasini o‘taydi. Shuning uchun ham umumiy normalar maxsus normalar 
uchun universal va majburiy bo‘lib hisoblanadi. Huquqni qo‘llash 
faoliyatida bu ikki guruh normalari tashkiliy jihatdan bir- birini tuldirib 
turadi. 
Ayrim olimlar fikriga ko‘ra
2
, jinoyat huquqi umumiy qism normalari 
pozitiv(regulyativ) - tartibga soluvchi xususiyatga ega bo‘lib, bunday 
normalarning quyidagi turlari mavjud: 
a) 
deklarativ normalar, jinoyat huquqi prinsip va vazifalarini 
belgilab beruvchi normalar.(Jinoyat kodeksi 2-10 modalar); 
b) umumtartibga soluvchi normalar, jinoyat huquqining umumiy 
qoidalari va tushunchalarini belgilab beruvchi normalar: jinoyat 
1
" Ugolovnoye pravo. Obshaya chast». (Uchebnik. Pod. red. N.I. Vetrova, Yu.I. Lyapunova»- М.: Noviy 
yurist, Kno Rus, 1997. - S. 12 
2
"Kurs ugolovnogo prava". Obshaya chast. Tom 1: Ucheniye o prestuplenii. Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. 
dok. yurid. nauk. prof. N.F. Kuznetsovoy i kond. yurid. nauk. dotsenta I.M. Tyajkovoy.- М: Izd. Zersalo, 
1999. - S. 86,87 


28 
tushunchasi, ishtirokchilik tushunchasi, jazo tushunchasi va xk. Bunday 
normalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi umumiy qismi asosini 
tashkil etadi; 
c) 
jazoni yengillashtiruvchi (imtiyoz beruvchi) normalar, masalan, 
shartli hukm qilish (Jinoyat kodeksi 72-moddasi), jazoni o‘tashdan 
muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish (Jinoyat kodeksi 73- 
moddasi), jazoni yengilrogi bilan almashtirish (Jinoyat kodeksi 74-
moddasi); 
d) ruxsat beruvchi normalar, masalan, shaxsga - zaruriy mudofaa 
(Jinoyat kodeksi 37-moddasi), ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni 
ushlash vaktida zarar yetkazish (Jinoyat kodeksi 39- moddasi) kabi 
huquqlarni beruvchi normalar; 
e) 
jinoiy javobgarlikdan ozod qiluvchi normalar, masalan, 
javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat 
uchun javobgarlikdan ozod qilish (Jinoyat kodeksi 64- moddasi), kasallik 
tufayli javobgarlikdan ozod qilish (Jinoyat kodeksi 67- moddasi) va shu 
kabi jazoni yengillashtiruvchi normalar guruhiga kirmaydigan normalar.
Yuqoridagi normalarni bunday guruhlarga bo‘lish shartli hisoblanadi. 
Jinoyat huquqiy tizim obyektiv va subyektiv omillardan iborat 
mexanizm yordamida shakllanadi. 
Obyektiv omillar - bu avvalambor, real ijtimoiy-huquqiy holatlarning 
o‘zgarishidir. Ma’lum bir ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi 
normalarning mavjud emasligi yoki ma’lum bir sohadagi jinoyatlarning 
usib borishi boshqa huquq sohalari bilan birga jinoyat huquqi tizimiga ham 
obyektiv ta’sir qiladi. Bunday holat esa o‘z navbatida jinoyat qonunchiligi 
tarkibining yangilanishiga va jinoyat huquqi tizimining o‘zgarishiga 
(kengayishiga) olib kelishi mumkin. 
Subyektiv omillar - qonun chiqaruvchi, huquqni qo‘llovchi va 
fuqarolar tomonidan u yoki bu jinoyat-huquqiy ta’sir choralarning qabul 
qilinishi, ya’ni ularning bunday ta’sirlarga nisbatan munosabati bilan 
bog‘liqdir. Masalan, qonun chiqaruvchi tomonidan ma’lum bir jinoyatlar 
va ularning ko‘payishi aniqlanib olinishi, bu borada jinoyat-huquqiy 
nazorat sifatida ushbu jinoyat-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi 
normalarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu esa jinoyat huquqi 
tizimining o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Aytib o‘tish kerakki, jinoyat qonunchiligining amal qilishini 
ifodalovchi jinoyat huquqi tizimining rivojlanishi nafaqat jinoyat-huquqiy 
normalar, obyektiv va subyektiv omillarga, balki tarixiy omillarga ham 
bog‘liqdir. 


29 
Shuningdek,, jinoyat huquqi tizimi rivojlanishining tarixini o‘rganish 
uning rivojlanishining quyidagi asosiy yunalishlarini belgilash imkonini 
berdi: 
birinchidan, ijtimoiy holatlar tizimining doimiy o‘zgarishi 
munosabati bilan jinoyat huquqi normalarini ushbu o‘zgarishlarga 
mo‘tanosib ravishda belgilash va qo‘llay olish; 
ikkinchidan, sodir etilgan jinoyatlar toifasi va jinoyatchilarning 
ijtimoiy xavfliligidan kelib chiqib, jinoyat-huquqiy ishontirish va 
majburlov usullari hamda ularning prioriteti, ya’ni qo‘llanishi muhimligi 
jihatdan ketma-ketligini o‘zgartirish.
1
Jinoyat huquqi tizimi jinoyat qonunchiligiga bevosita ta’sir 
ko‘rsatadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling