Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
birinchidan, jinoyat qonunining asosiy prinsiplariga e’tiborni
qaratish; ikkinchidan, jinoyat huquqi prinsiplarining mohiyati, harakati hamda ularning jinoyat huquqi normalari bilan alokasini chuqurroq o‘rganish; uchinchidan, u yoki bu prinsiplarning ma’lum bir huquq sohasiga taallukliligi borasidagi bahslarning oldindani olish imkonini beradi. 2 Jinoyat huquqi prinsiplari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan, qonunning ustuvorligi, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, demokratizm, fuqarolarning tengligi, umuminsoniy kadriyatlar va umume’tirof etilgan halqaro huquq normalarining ustivorligi kabi prinsiplarga asoslanadi hamda ulardan kelib chiqadi. Ayni paytda jinoyat huquqining har bir prinsipi ushbu huquq sohasining tartibga solish uslubi va bajaradigan vazifalari bilan aloqador hamdir. Qonunda prinsiplarning mustahkamlaganligi ularga umummajburiylik xususiyatini beradi, binobarin, prinsiplar kishilar ongiga ta’sir ko‘rsatish omillari sifatida qonun chiqarish va huquqni qo‘llash faoliyatini yanada rivojlantirish uchun huquqiy zamin bo‘lib xizmat qiladi. Barcha prinsiplarning yig‘indisi demokratik jinoyat huquqining chinakam mohiyatini ifodalaydigan ichki o‘zaro mufoviqlashtirilgan qoidalarning yaxlit tizimini tashkil etadi. 1 " Ugolovnoye pravo. Obshaya chast». (Uchebnik. Pod. red. N.I. Vetrova, Yu.I. Lyapunova»- М.: Noviy yurist, Kno Rus, 1997. - С. 39. Kelina S.G., Kudryavsev V.N. «Prinsipi sovetskogo ugolovnogo prava». М.,1988 – S. 7 2 G.М. Мinkovskiy, А.А. Маgomedov, V.P. Revin "Ugolovnoye pravo Rossi". Pod. red. dok. yurid. nauk. prof. Revina V.P., Uchebnik - М.: Izd. "Brandes", 1998. - S. 10 33 Jinoyat huquqi prinsiplari tizimi deganda jinoyat qonunchiligidagi qoidalarning normativ asosini belgilab beruvchi jinoyat huquqi prinsiplarining yig‘indisi tushuniladi. Prinsiplar tizimi jinoyat huquqining markaziy jinoyat-huquqiy masalasi hisoblangan jinoyat va jazo toifalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Tizimga kiradigan barcha prinsiplarning ahamiyati o‘zaro tengdir. Zero, ularning har biri mustaqil mohiyatga ega bo‘lib, davlatning jinoyat- huquqiy (jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi) siyosatini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan vazifalarni bajaradi. Jinoyat huquqi prinsiplarining tizimi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 3-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra, Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling