49
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining vazifalari –
birinchidan,
shaxsni
uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini,
insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan muhofaza etishdan;
ikkinchidan, jinoyatlarning oldindani olishdan;
uchinchidan,
fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga
rioya etish ruxida
tarbiyalashdan iborat.
Jinoyat qonunining asosiy vazifasi shaxsni, uning huquq va
erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni,
tabiiy muhitni,
tinchlikni insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishdir.
Zero, ushbu qonun bilan himoyalanadigan ijtimoiy munosabatlar har
qanday demokratik davlatning negizini tashkil etadi. Mazkur vazifa, ya’ni
maxsus ijtimoiy munosabatlarni muvofiqlashtirish muhofaza
munosabatlari
vositasida amalga oshirilib, bunday munosabatlar
taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan vaqtdanoq paydo bo‘ladi.
Jinoyat qonunining bu vazifalarni amalga oshirishi uchun unda
javobgarlik asoslari va prinsiplari mustahkamlangan va qaysi
ijtimoiy
xavfli qilmish jinoyat ekanligi belgilangan.
NOTA BENE!
Jinoyat qonuni jazolash tahdidi asosida jinoyat hisoblanuvchi ijtimoiy
xavfli qilmishni sodir etilishini taqiqlaydi. Shu bilan bir qatorda, jinoyat
qonuni ham taqiqlovchi, ham majburiy hisoblanadi.
Jinoyat huquqi normalari ikkita:
1) ogohlantirish funksiyasi;
2) tarbiyalash funksiyasini bajaradi
.
Ogohlantirish funksiyasi jinoyat huquqi normasida belgilab
qo‘yilgan sanksiya orqali sodir etilgan qilmish uchun jazo qo‘llash
orqali
jinoyat sodir etishi mumkin bo‘lgan shaxslarni ogohlantiradi.
Jinoyat qonunining funksiyalari:
1) regulyativ (jinoyat-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi);
2) negativ (jinoyat qonuni bilan tartibga solinadigan manfaatlarni
muhofaza etadi);
3) aksiologik (jinoyat qonuni bilan muhofaza etiladigan
obyektlarni qadriyat sifatida jinoiy tajovuzlardan muhofaza etadi);
4) preventiv (jinoiy taqiqlarni va ularni buzganlik uchun
sanksiyalar belgilaydi).
Jinoyat qonuni shaxslarni qonun talablarini so‘zsiz
ravishda bajarish
ruxida tarbiyalash, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan murosasiz
munosabatda bo‘lishga yo‘naltirilgandir.