Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

NOTA BENE! 
Yuqoridagilardan kelib chiqib jinoyat qonunining asosiy belgilarini 
ko‘rsatish mumkin. Jumladan: 
1. jinoyat qonuni bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
halqaro huquq normalari va prinsiplariga asoslangan Oliy qonun 
chiqaruvchi organning normativ me’yoriy hujjati; 
2. jinoyat qonunining asosiy belgisi uning shaxsni, uning huquq va 
erkinliklarini, tabiiy muxitni, mulkni, davlat va jamiyat manfaatlarini 
himoya qilishida ifodalanadi; 
3. huquqiy davlatda jinoyat qonuni xokimiyat tomonidan amalga 
oshirilib, jamiyatni sog‘lomlashtirishga qaratiladi
4. jinoyat qonuni jinoyat huquqining yagona manbai bo‘lib, jinoyat 
huquqi normalari faqat jinoyat qonunida aks ettiriladi va faqat 
jinoyat qonunigina qilmishning jinoiyligini hamda jazoga 
sazovorligini belgilaydi; 
5. jinoyat qonuni javobgarlikning asosiy pritsiplarini o‘zida 
mujassamlashtiradi; 
6. jinoyat qonunining ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki 
harakatsizlik) jinoyat ekanligini, ushbu qilmishga nisbatan 
tayinlaydigan jazo chorasini yoki alohida hollarda ularni jazodan 
ozod qilish shartlarini belgilaydi; 
7. jinoyat qonuni xayotning ijtimoiy, siyosiy iqtisodiy va mafkuraviy 
holatiga bog‘liq, bu sharoitning o‘zgarishi bilan jinoyat qonuni yoki 
uning alohida normasi qonun chiqaruvchi tomonidan o‘zgartiriladi; 
8. jinoyat qonuni ogohlantirish va fuqarolarni qonunga rioya qilish 
ruhida tarbiyalash funksiyasini bajaradi. 
5) O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, jinoyat qonuni 
normalarining tuzilishi. 
1994 yil 22 sentabrda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi 
Jinoyat kodeksi qabul qilindi. Ushbu Jinoyat kodeksi 1959 yilda qabul 
qilinib 1995 yil 1 aprelgacha amalda bo‘lgan Jinoyat kodeksidan tamomila 
farq qiladi. 
Jinoyat kodeksi muayyan tizim asosida tuzilgan bo‘lib, u ikki – 
Umumiy va Maxsus qismlarga bo‘linadi. Ushbu ikki qism birgalikda bir 
butun yaxlitlikni tashkil etadi, ammo ayni paytda ular o‘z normalarining 
mohiyati, mazmuniga ko‘ra bilan tubdan farq qiladi. 
Umumiy qism yetti bo‘lim, o‘n yetti bobdan iborat.


51 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling