Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Ayb uchun javobgarlik prinsipi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
6. Ayb uchun javobgarlik prinsipi
1
"Kurs ugolovnogo prava". Obshaya chast. Tom 1: Ucheniye o prestuplenii. Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. 
dok. yurid. nauk. prof. N.F. Kuznetsovoy i kond. yurid. nauk. dotsenta I.M. Tyajkovoy.- М: Izd. Zersalo, 
1999. – S. 76, 77. 


41 
Bu prinsip O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 9- moddasida 
belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra: 
“Shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli 
qilmishlari uchungina javobgar bo‘ladi.” 
Ayb uchun javobgarlik prinsipi
birinchidan, jinoyat sodir etganlikda aybdor shaxsning shaxsiy 
(individual) javobgarligini; 
ikkinchidan, faqat qasd va extiyotsizlik shaklidagi jinoyat sodir etgan 
jismoniy shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishini anglatadi.
1
Ya’ni shaxs aybi bo‘lgan jinoyati uchungina javob beradi, aybi 
bo‘lmagan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
NOTA BENE! 
 
Ayb – bu shaxsning jinoyat qonuni bilan belgilangan o‘zining ijtimoiy 
xavfli qilmishi va uning okibatiga nisbatan ruhiy va intellektual 
munosabatining yig‘indisi hisoblanadi, ya’ni ayb deganda shaxsning 
o‘z qilmishiga nisbatan subyektiv ruhiy munosabati tushuniladi. 
Ayb qasd (to‘g‘ri qasd, egri qasd) va extiyotsizlik (beparvolik, uz-
o‘ziga ishonish) shakllarida bo‘lishi mumkin. 
Ijtimoiy xavfli qilmishlar faqat aybli, ya’ni qasddan yoki 
extiyotsizlik orqasida sodir etilgan bo‘lsagina u jinoyat deb topiladi. 
Ayb uchun javobgarlik prinsipi – “Ijtimoiy xavfli qilmish va uning 
okibatiga nisbatan shaxsiy aybi aniklanmagan hech bir shaxs jinoiy 
javobgarlikka tortilmaydi”,- degan qoidani mustahkamlaydi. Bu qoida 
kadimgi Rim huquqida ham mavjud bo‘lib, quyidagi formula orqali 
ifodalanadi: 
“Nullum crimen, nulla poena sine cupla” – “ Aybsiz jinoyat ham, 
jazo ham bo‘lmaydi”,- degan ma’noni bildiradi
2

Ayb uchun javobgarlik prinsipi subyektiv jihatdan shaxsning o‘z 
ijtimoiy xavfli qilmishi va uning okibatiga nisbatan ruhiy munosabatini 
anglatsa, obyektiv jihatdan jinoyat qonunida aybi bo‘lmagan shaxsning 
jinoiy javobgarlikka tortilmasligi belgilab quyilganligida ifodalanadi. 
Bundan tashqari, jinoyat qonuni “aybsiz holda zarar yetkazish” 
uchun javobgarlikni istisno qiladi. Jinoyat kodeksining 24-moddasiga 
ko‘ra, agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini 
anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham bo‘lmagan yoki uning 
1
G.М. Мinkovskiy, А.А. Маgomedov, V.P. Revin "Ugolovnoye pravo Rossi". Pod. red. dok. yurid. nauk. 
prof. Revina V.P., Uchebnik - М.: Izd. "Brandes ", 1998. – S. 12. 
2
"Kurs ugolovnogo prava". Obshaya chast. Tom 1: Ucheniye o prestuplenii. Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. 
dok. yurid. nauk. prof. N.F. Kuznetsovoy i kond. yurid. nauk. dotsenta I.M. Tyajkovoy.- М: Izd. Zersalo, 
1999 .– S. 74 


42 
ijtimoiy xavfli okibatlariga ko‘zi yetmagan va ishning ijtimoiy oqibatiga 
ko‘zi yetishi mumkin va lozim ham bo‘lmagan bo‘lsa, bunday qilmish 
aybsiz holda sodir etilgan deb topiladi. Aybsiz holda zarar yetkazish 
jinoyat huquqida “kazus” (“cazus”) deb ataladi va jinoiy javobgarlikni 
istisno qiladi. Bunday kazuslar odatda fors major hollari, yengib bo‘lmas 
kuchlar natijasida yuzaga keladi. 
Demak, ayb uchun javobgarlik prinsipi – ijtimoiy xavfli qilmish va 
uning okibatiga nisbatan aybi isbotlangan shaxsgina jinoiy javobgarlikka 
tortilishini bildiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yilgi Jinoyat kodeksi ayb uchun 
javobgarlik prinsipiga amal qilingan holda tuzilgan bo‘lib, unda “Ayb” deb 
nomlangan maxsus bob ajratilgan va ushbu bob normalari aybning 
shakllari, murakkab aybli jinoyatlar, aybsiz holda zarar yetkazish kabi 
jinoyat huquqiy holatlarni belgilab bergan. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling