Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

2. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi. 
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksining 5-moddasida belgilangan bo‘lib, unga 
ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy 
kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bir xil 
huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar. 
Ushbu normaning asosi O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 18-moddasida belgilangan bo‘lib, unda “O‘zbekiston 
1
"Kurs ugolovnogo prava". Obshaya chast. Tom 1: Ucheniye o prestuplenii. Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. 
dok. yurid. nauk. prof. N.F. Kuznetsovoy i kond. yurid. nauk. dotsenta I.M. Tyajkovoy.- М: Izd. Zersalo, 
1999. - S. 80 


36 
Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, 
jinsi, irki, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va 
ijtimoiy mavkeidan kat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar.”,- deb ko‘rsatib 
o‘tilgan. 
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipida: 
birinchidan, Jinoyat kodeksi 5-moddasida ko‘rsatilgan belgilar va 
holatlardan kat’iy nazar fuqarolarning tengligi, ularning bir xil huquq va 
majburiyatlarga ega ekanligini ifodalanadi; 
ikkinchidan, Jinoyat qonunining bir xilda qo‘llanilishini 
ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 5-moddasining nomi bilan 
uning mazmuni mos kelmasdan, ushbu moddada faqat jinoyat sodir etgan 
shaxslarning qonun oldida tengligi haqida gapirilgan. Lekin jinoyat 
huquqiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari, jinoyat sodir etgan 
shaxslardan tashqari, jablanuvchi, jinoyat qonunini qo‘llovchi shaxslar 
ham fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipiga amal qilishlari shart.
Qonun chiqaruvchi tomonidan tenglik prinsipiga amal qilinishi 
(qilmishlarni jinoiy deb topish masalasi borasida) barcha jinoiy 
huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlikni belgilashda ifodalanadi. 
Bundan tashqari, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining ximoya qilinishi 
masalasida ham tenglik prinsipiga amal qilinishi kerak. Xususan, maxsus 
subyektlarning qilmishlarini jinoyat deb topishda, masalan, mansabdor 
shaxslar, harbiylar va sudyalar qilmishlari uchun boshqalar javob 
bermaydi. 
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipining buzilishi jinoiy 
javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Masalan, Jinoyat kodeksi 141-moddasida fuqarolarning teng 
huquqliligini buzish uchun, 156-moddasida esa adovat kuzgatish 
maqsadida milliy, irkiy va diniy mansubligiga ko‘ra fuqarolarning 
tengligini buzish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. 
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi halqaro-huquqiy va 
konstitutsiyaviy prinsip bo‘lganligi uchun barcha qonunlarda kat’iy 
o‘rnatilishi kerak. 
Amaliyotda bunday prinsip ko‘pincha jinoyat sodir etgan 
shaxslarning mulkiy ahvoli va mansab mavkei mezonlariga ko‘ra buziladi. 
Bunday buzilishlar jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik, jinoyat tarkibi mavjud 
emasligi sababli jinoyat ishini tugatish kabi shakllarda bo‘lishi mumkin. 
Demak, fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi sodir etgan 
jinoyati uchun har bir shaxsning teng javobgarligi, jinoiy javobgarlik 


37 
asoslarining barcha uchun bir xilda qo‘llanilishi(amal qilishi)ni bildiradi. 
Bunday prinsipdan istisno holatlar ijtimoiy adolat va insonparvarlik 
prinsiplari orqali o‘rnatilishi mumkin. Masalan, voyaga yetmaganlar, 
homilador ayollar javobgarligi, shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyati kabi 
holatlar. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling