Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
3. Demokratizm prinsipi. 
 
Demokratizm prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
6-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, jamoat birlashmalari, 
fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir 
etgan shaxslar axlokini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda 
jalb qilinishlari mumkin.
Ushbu prinsip, ya’ni demokratizm prinsipi:
birinchidan, jinoyat sodir etgan shaxslarni axlokan tuzatish 
maqsadini ko‘zlaydi; 
ikkinchidan, qonunda nazarda tutilgan hollarda jamoat 
birlashmalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari yoki 
jamoalarni jalb qilinishini ta’minlaydi. 
Demokratizm prinsipining asosiy vazifasi jinoyat sodir etgan 
shaxslarni qayta tarbiyalash jarayonida jamoat birlashmalarini, 
jamoatchilikni jalb etish hisoblanadi. Albatta, ushbu ishga jamoat 
birlashmalarini jalb qilish shartlari, shakli va tartibi qonunda alohida 
ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi kerak. 
Demokratizm prinsipini boshqacha tarzda “jamoatchilik yordami 
prinsipi” deb ham atash mumkin. Ushbu prinsipning bunday nomlanishiga 
sabab – jinoyat qonunida jinoyat sodir etgan shaxslarni kayta tarbiyalashda 
jamoatchilik yordamiga tayanilganligini ushbu norma orqali ifodalangan. 
Ayrim olimlar fikriga ko‘ra,
1
demokratizm prinsipi ijtimoiyizm 
davridan qolgan bo‘lib, qonuniylik prinsipining buzilishiga olib keladi. 
Lekin bu fikrga kushilib bo‘lmaydi. Chunki jinoyat sodir etgan shaxsni 
qayta tarbiyalash insonparvarlik prinsipining asosini tashkil etib, 
demokratizm prinsipi jinoyatchilarni kayta tarbiyalash maqsadini ko‘zlaydi 
va ularni qayta tarbiyalashning shakllaridan biri hisoblanadi.
 
4. Insonparvarlik prinsipi. 
1
" Kurs ugolovnogo prava". Obshaya chast. Tom 1: Ucheniye o prestuplenii. Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. 
dok. yurid. nauk. prof. N.F. Kuznetsovoy i kond. yurid. nauk. dotsenta I.M. Tyajkovoy.- М: Izd. Zersalo, 
1999. – S. 66. 


38 
Bu prinsip Jinoyat kodeksining 7- moddasida belgilab quyilgan 
bo‘lib, uchta asosiy qoida(norma)larni o‘z ichiga oladi: 
1. 
Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish 
yoki inson kadr-kimmatini kamsitish maqsadani ko‘zlamaydi. 
2. 
Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan uning axloqan tuzalishi va 
yangi jinoyat sodir etishining oldindani olish uchun zarur hamda yetarli 
bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi 
qo‘llanilishi kerak. 
3. 
Jazoning maqsadiga Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli 
moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib 
bo‘lmaydigan taqdirdagina og‘irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin. 
Insonparvarlik prinsipi shaxsning sha’ni va kadr-kimmatini ximoya 
qilishga qaratilgan bo‘lib, uning asosi Konstitutsiya’ning 26-moddasida 
o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, hech kim kiynokka solinishi, zo‘ravonlikka, 
shavqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi 
tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. 
Insonparvarlik prinsipi ikki
birinchidan, jamiyatning har bir a’zosining shaxsiy va mulkiy 
xavfsizligini, uning huquq va erkinliklarini jinoyat huquqiy vositalar orqali 
ximoya qilinishini ta’minlash; 
ikkinchidan, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo 
chorasi kiynok, zuravonlik, jismoniy azob, inson sha’ni va kadr-kimmatini 
kamsituvchi tazyiqlardan holi bo‘lishi ma’nosida qo‘llaniladi. 
Jinoyat qonunchiligida insonparvarlik prinsipining mazmuni ijtimoiy 
tuzumning ijtimoiy-siyosiy mohiyati bilan bog‘liq vazifalarni yechishda 
odil sudlovning maqsadi va jinoyat-huquqiy vositalar bilan belgilanadi. 
Insonparvarlik prinsipi boshqa prinsiplar bilan birgalikda jinoyat 
sodir etgan shaxs bilan munosabatda bo‘lish qoidalari, halqaro standartlar 
hamda fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlarini ximoya qilinishi 
belgilangan normalarga mos ravishda jinoyat-huquqiy vositalarning 
qo‘llanilish tizimini belgilaydi. 
Bu prinsip Jinoyat kodeksining bir necha moddalarida o‘z aksini 
topgan. Xususan, Jinoyat kodeksi 2-moddasida jinoyat qonunining 
vazifalari sifatida shaxs, uning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish 
birinchi o‘ringa quyilgan. Shuningdek,, Jinoyat kodeksida qilmishning 
jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi 
holatlarning mustahkamlangani jinoyat qonunimizning insonparvarlik 
prinsipiga amal qilingan holda tuzilganligidan darak beradi. 


39 
Jinoyat kodeksi Maxsus qismi esa shaxs, uning xayoti, sog‘ligi 
hamda huquq va erkinliklarini muhofaza qilish haqidagi normalarni o‘z 
ichiga olgan bo‘lim va boblardan boshlangan. 
Yuqorida aytib o‘tilgan “Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari 
jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini 
ko‘zlamaydi”,- degan norma insonparvarlik prinsipining asosiy qoidasi 
hisoblanadi. Shuning uchun ham 2001 yil 29 avgustdagi qonunga ko‘ra 
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra o‘lim jazosi 
belgilangan jinoyatlar soni 4 taga qisqartirildi. Xozirgi kunda esa faqat 
“og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish” (97-modda 2-qismi), 
“terrorizm” (155-modda) jinoyatlari uchun o‘lim jazosi belgilangan bo‘lib, 
oldindan bunday jinoyatlar soni 13 ta edi. Bu esa o‘z navbatida 
insonparvarlik prinsipining amal qilish doirasi kengayganligidan dalolat 
beradi. 
Shuningdek,, insonparvarlik prinsipi jinoyat huquqining javobgarlik 
va jazodan ozod qilish institutida ham amal qiladi. qonun chiqaruvchi 
organ tomonidan Jinoyat kodeksiga “Voyaga yetmaganlar javobgarligining 
xususiyatlari” deb nomlanuvchi alohida bo‘limining kiritilganligi ham 
insonparvarlik prinsipidan darak beradi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling