Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Jinoyat huquqi prinsiplari
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odillik prinsipi
Jinoyat huquqi prinsiplari
Qonuniylik prinsipi (JK 4-moddasi) Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi (JK 5-moddasi) Demokratizm prinsipi (JK 6-moddasi) Insonparvarlik prinsipi (Jk 7-moddasi) Odillik prinsipi (JK 8-moddasi) Ayb uchun javobgarlik prinsipi (Jk 9-moddasi) Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi (Jk 10-moddasi) 31 normalarida mustahkamlangan boshlang‘ich asos, asosiy g‘oyalar tushuniladi. Prinsiplar jinoyat qonunida mustahkamlangan demokratik davlatning jinoyat-huquqiy siyosati mohiyatini va xozirgi yunalishlarini ifodalaydigan, sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik negizlari, chegaralari va shakllari haqida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, axlokiy, diniy va huquqiytasavvurlarni aks ettiradigan yetakchi g‘oyalar va asosiy qoidalardir. Jinoyat huquqi prinsiplari - jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida qonun chiqaruvchi, qonunni amalda qullovchi organlar va barcha fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan asosiy qoidalardir. Jinoyat huquqi prinsiplari quyidagi: a) halqaro va milliy huquq normalariga mos kelishi; b) jinoyat huquqi prinsiplarining fundamental xususiyatga ega ekanligi; c) jinoyat huquqi prinsiplarining o‘zaro aloqadorligi kabi belgilarga ega. Jinoyat huquqi prinsiplari birinchi navbatda halqaro huquq normalariga, ya’ni halqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan hujjatlarga mos kelishi kerak. Shuningdek,, jinoyat qonunidagi prinsiplar o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos kelishi va undagi normalardan kelib chiqishi kerak. Jinoyat huquqi prinsiplari jinoyat huquqi normalari uchun fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni jinoyat huquqi normalar jinoyat huquqi prinsiplaridan kelib chiqadi va ularga zid bo‘lmasligi kerak. Bunday prinsiplar nazariyada prinsip normalar deb ataladi. Jinoyat huquqi prinsiplari bir-biriga bog‘liq tarzda zanjirsimon harakatda bo‘lib, ulardan birining buzilishi o‘z navbatida boshqa prinsiplarning buzilishiga olib keladi. Jinoyat huquqi prinsiplari obyektiv va subyektiv belgilarga ega. Prinsiplarning obyektiv belgisi - jinoyat huquqi prinsiplarining jinoyat huquqi normalari bilan mustahkamlanganligi va huquqiy faoliyatning asosi bo‘lib xizmat qilishida ifodalanadi. Prinsiplarning subyektiv belgisi - jinoyat huquqi prinsiplarining alohida subyektlar: qonun chiqaruvchi va huquqni qo‘llovchi organlar, shuningdek, fuqarolar tomonidan individual ongli qabul qilib olinishi bilan bog‘liqdir. 32 Prinsiplarning subyektiv mohiyati ularning umumtartibga soluvchi ahamiyatga ega ekanligini bildirib, shaxslarni o‘z qilmish (xatti- harakat)larini boshqara olishlariga undaydi. 1 Jinoyat huquqi prinsiplari jinoyat qonunchiligini "qo‘llash" borasida jinoyat huquqi uchun asosiy qoidalarni belgilab beradi. Jinoyat huquqi prinsiplarining "harakatlanish mexanizmi" jinoyat qonunlarini qo‘llovchi shaxslar (surishtiruvchi, tergovchi, proko‘ror, sudya) orqali amalga oshiriladi. Jinoyat huquqi prinsiplari buzilganda bunday buzilishlarni bartaraf etish hamda prinsiplarnin buzilishiga olib kelgan g‘ayriqonuniy qaror va xatti-harakatlarni bekor qilish uchun davlat nazorati (sud, prokuratura organlari nazorati) harakatga keladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan prinsiplar: Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling