Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006
8. Jinoyat huquqi tizimi. NOTA BENE! Jinoyat huquqi tizimi deganda, ma’lum bir ilmiy izchillik, ketma-ketlikda joylashgan jinoyat huquqi institutlari va normalarining yig‘indisidan iborat tizim tushuniladi. Demak, jinoyat huquqi tizimi ikki elementdan iborat: 1. Jinoyat huquqi insitutlari; 2. Jinoyat huquqi normalari. Jinoyat huquqi institutlari deganda bir-biriga yakin bo‘lgan ma’lum bir doiradagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi jinoyat huquqi normalarining yig‘indisi tushuniladi. Jinoyat huquqi tizimi quyidagi institutlardan tashkil topgan: • jinoyat qonunchiligi • jinoyat (javobgarlik asoslari) • jazo va uni tayinlash • tibbiy yusindagi majburlov choralari • shaxsga qarshi jinoyatlar • tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar • iktisodiyot sohasidagi jinoyatlar 26 • ekologiya sohasidagi jinoyatlar • xokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar • jamoat xavfsizligiga va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar • harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar. Bunday institutlar o‘z navbatida sub’institutlarga bo‘linadi. Masalan, "jinoyat"(javobgarlik asoslari) instituti - javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan shaxslar, tamom bo‘lmagan jinoyat, ishtirokchilik, bir kancha jinoyat sodir etish, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar kabi sub’institutlardan iborat. Jinoyat huquqi normalari deganda, jinoyat sodir etilganidan keyin vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan xulk-atvor (yurish-turish) qoidalari tushuniladi. Jinoyat huquqi normalari imperativ, tartibga solish va huquqni qo‘llash xususiyatlariga ega 1 . Jinoyat huquqi normalarining imperativligi bunday normalarning kat’iy o‘rnatilganligi hamda ularning bajarilishi majburiyligini bildiradi. Jinoyat huquqi normalarining tartibga solish xususiyatdaligi shuni bildiradiki, bunday normalar jinoyat sodir etilganidan keyin yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi va bunday ijtimoiy munosabatlar vujudga kelishi bilan qo‘llaniladi. Jinoyat huquqi normalarining huquqni qo‘llash xususiyati jinoyat huquqi normalari orqali Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan barcha umumiy qoidalar va sanksiyalarining amalda qo‘llanishini ifodalaydi. Jinoyat huquqi normalarini mohiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 1. Norma-prinsiplar - jinoyat huquqining umumiy qoidalari hisoblangan jinoyat huquqi vazifalari va prinsiplarini belgilab beruvchi normalar. (Jinoyat kodeksi 2-10 moddalari). 2. Definitiv normalar - jinoyat-huquqiy tushunchalarni belgilab beruvchi normalar. Masalan, jinoyat va ijtimoiy xavfli qilmish tushunchalari (Jinoyat kodeksi 14- moddasi), jinoyat uchun javobgarlik tushunchasi (Jinoyat kodeksi 16-moddasi), akli rasolik tushunchasi (Jinoyat kodeksi 18-moddasi), ishtirokchilik tushunchasi (Jinoyat kodeksi 27-moddasi), jazo tushunchasi (Jinoyat kodeksi 42-moddasi) va xk. 1 Kurs ugolovnogo prava". Obshaya chast. Tom 1: Ucheniye o prestuplenii. Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. dok. yurid. nauk. prof. N.F. Kuznetsovoy i kond. yurid. nauk. dotsenta I.M. Tyajkovoy.- М: Izd. Zersalo 1999. -S. 86. 27 3. Muhofaza qiluvchi normalar - jinoyat qonuni bilan anik bir obyektni - ijtimoiy munosabatlarni muhofaza qiluvchi normalar. Jinoyat kodeksi Maxsus qismidagi barcha normalar muhofaza qiluvchi normalar hisoblanadi. 4. Taqiqlovchi normalar - Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalari tarkibida mavjud bo‘lib, ma’lum bir qilmishlar sodir etish yoki etmaslikni taqiqlab qo‘yuvchi normalar. Masalan, odam o‘ldirish(97- modda), shaxsning sog‘ligiga shikast yetkazish(104-111 moddalar), o‘g‘rilik(169- modda) va shu kabi qilmishlarni taqiqlovchi normalar 1 . Jinoyat kodeksi jinoyat huquqining yagona manbai bo‘lganligi sababli jinoyat qonunchiligi tizimidan kelib chiqib, jinoyat huquqi normalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling