Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
5.Odillik prinsipi. 
Odillik prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 8-
moddasida belgilangan bo‘lib, ikki asosiy norma(qoida)dan iborat: 
1. 
Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan 
qo‘llaniladigan jazo va boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, 
ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy 
xavflilik darajasiga muvofik bo‘lishi kerak. 
2. 
Hech kim aynan bitta jinoyati uchun ikki marta javobgarlikka 
tortilishi mumkin emas. 
Odillik prinsipi ikki jihatga ega: 
a) jinoyat qonunining odilligi; 
b) jinoyat uchun sud tomonidan tayinlangan jazoning odilona bo‘lishi. 
Jinoyat qonunining odilona bo‘lishi uchun unda belgilangan 
qilmishlarning jinoiyligi va jinoyat uchun belgilangan jazo amaldagi 
ijtimoiy talablarga javob berishi kerak. Jinoyat qonuni bunday talablarga 
javob bermasa, u jamiyat huquqiy ongiga ta’sir qila olmaydi, jamiyat 
manfaatlarini ximoya qila olmaydi va amalda o‘z kuchini yo‘qotadi. 
Jinoyat qonunining odilona deb hisoblanishi uchun: 


40 
a) 
ijtimoiy asoslangan bo‘lishi, ya’ni o‘zining muhofaza qilish va 
oldindani olish vazifalarini bajaradigan, jinoyat sodir etgan shaxslarni 
axlokan tuzatish, uning jinoiy faoliyatini davom ettirishiga tuskinlik qilish, 
shuningdek, boshqa shaxslarning yangi jinoyat sodir etishini oldindani 
olish kabi jazo maqsadlariga erishadigan bo‘lishi kerak; 
b) kriminologik asoslangan bo‘lishi, ya’ni jinoyatchilik darajasi, 
dinamikasi, tuzilishi va prognozidan kelib chiqib, jinoyatchilikni 
kamaytirish maqsadini ko‘zlaydigan bo‘lishi kerak; 
c) 
Jinoyat-huquqiy bo‘shliqni o‘z vaqtida to‘ldirish, ya’ni 
haqiqatan ham ijtimoiy xavfli hisoblangan qilmishlarni o‘z vaqtida jinoyat 
deb topishi kerak.
1
Jazoning odilligi prinsipi jazo turlari, tizimi, jinoiy javobgarlik va 
jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi normalarda ham o‘z aksini topgan. 
Jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo va 
boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi uchun quyidagi: 
1. 
Qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi (jinoyat natijasida 
yetkazilgan zararning miqdori va uni sodir etish usuli) va xususiyati (jinoiy 
tajovuz obyekti); 
2. 
Aybdorning shaxsi (jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli) va uning 
xavflilik darajasi
3. 
Jinoyat sodir etish holatlari, ya’ni jazoni og‘irlashtiruvchi va 
yengillashtiruvchi holatlar; 
4. 
Aybning darajasi (shakli – qasddan yoki extiyotsizlik orqasida) 
muvofiq bo‘lishi kerak 
Odillik prinsipining “hech kim aynan bitta jinoyati uchun ikki marta 
javobgarlikka tortilishi mumkin emas” degan asosiy qoidasi halqaro-
huquqiy va konstitutsiyaviy prinsip hisoblanadi. 
Jinoyat huquqi odillik prinsipining mohiyati shundaki, shaxs sodir 
etgan qilmishning jinoiyligi jinoyat qonunida belgilangan holatlar va 
ishonchli dalillarga asoslangan hollardagina u jinoiy javobgarlikka 
tortiladi. 
Ushbu prinsip qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi va 
insonaprvarlik prinsiplari bilan bevosita bog‘liqdir. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling