Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

2-BOB: JINOYAT QONUNI 
 
1. 
Jinoyat qonuni tushunchasi, ahamiyati, mohiyati va o‘ziga 
xos xususiyatlari. 
 
NOTA BENE! 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonuni davlat xokimiyati oliy 
organining jinoiy javobgarlikning umumiy asoslarini belgilovchi, 
alohida turdagi jinoyatlar va ularni sodir qilgan shaxslarga 
qo‘llaniladigan jazolarni ko‘zda tutuvchi huquqiy normalar 
yig‘indisidan iborat bo‘lgan huquqiy aktdir. 
 
Umumiy huquq tizimida jinoyat qonuni alohida o‘rin egallaydi. U 
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solibgina qolmasdan, balki, ularni 
huquqqa xilof tajovuzlardan himoya qiladi ham. 
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni – jinoyat huquqining 
prinsiplari v umumiy qoidalarini, jinoyat qonun vazifalarini, jinoyat va 
uning belgilarini, jazoning maqsadi va turlarini jazo tayinlash va jazodan 
ozod qilish asoslarini belgilaydi. 
Jinoyat qonun mazmuniy jihatdan biror harakat (masalan, firibgarlik) 
qilishni man etadi yoki biror harakat qilishga(masalan, xizmat vazifalarini 
bajarishga) majbur qiladi. Shu bilan birga, qonun tegishli davlat 
hokimiyati organi va mansabdor shaxsga jinoyat qonuni man etgan 
ijtimoiy xavfli harakatni sodir qilgan yoki qonun talabini bajarmagan 
shaxsni aniqlash va javobgarlikka tortish masalasini qo‘yadi Jinoyat 
qonuni jamiyatimizda mavjud bo‘lgan barcha ijtimoiy munosabatlarni turli 
jinoiy qilmishlardan ximoya qiladi 
Qonunlarga, shu jumladan jinoyat qonuniga amal qilish, ularni 
og‘ishmay bajarish fuqarolik huquqiy davlatini qurishda har bir fuqaroning 
burchidir. Qonun talablaridan ozgina bo‘lsada chetlashish 
qonunchilgimizning buzilishiga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
davlat va jamiyat manfaatlarini buzilishiga olib keladi. 
Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari barcha qonunlar uchun xuqiy 
asos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining prinsiplari, 
umumiy qoidalari va moddalari asosida tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 24- moddasida yashash huquqi har bir insonning uzviy 
huquqi ekanligi va inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyat ekanligi 
mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 53- moddasida esa xususiy 
mulkning boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida 


48 
ekanligi qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan, shuningdek,, ba’zi og‘ir jinoyatlarga qarshi 
kurash nazarda tutilgan yoki jinoyat-huquqiy muhofazaga muhtoj 
muayyan ijtimoiy munosabatlar jamiyat uchun alohida ahamiyatga ega 
ekanligi takidlangan va muhim shartlarni o‘zida aks ettirgan yana boshqa 
normalar ularni jinoyat qonuniga kiritish uchun bevosita huquqiy asos 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni halqaro huquqning umum 
e’tirof etilgan normalariga asoslanadi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida halqaro huquqning umum e’tirof etgan 
priinsiplari davlatning ichki qonunchiligiga nisbatan ustun ekanligi tan 
olingan. 
Halqaro huquqning umum etirof etilgan normalari Jinoyat 
kodeksining aksariyat bo‘limlari, boblari va muayyan moddalarda bevosita 
o‘z ifodasini topgandir. Chunonchi, kodeks Maxsus qismi ham butun 
dunyoda etirof etilgan qadriyatlar tizimini inobatga olgan holda tuzilgan. 
Masalan, “Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar” deb 
nomlangan VIII bobda urushni targ‘ib qilish (150 -modda), agressiya (151-
modda), genotsid (153-modda), yollanish (154-modda) kabi jinoyatlar 
uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu esa Jinoyat kodeksimizga hozirgi 
zamon halqaro huquqining asosiy prinsiplari kiritilganligidan dalolat 
beradi. 
Qonun chiqaruvchi organ, ya’ni Oliy Majlisning rasmiy hujjati 
hisoblanuvchi Jinoyat kodeksiga huquqning mazkur sohasidagi yagona 
manba maqomini berish, barcha huquqiy normalarni bir qonunda jamlash, 
ularni tizimlilik prinsipidan kelib chiqqan holda muayyan ketma-ketlikda 
joylashtirish, barcha qonunlar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lish, 
huquqni qo‘llovchilarning qonunlardan foydalanishlari uchun barcha 
qulayliklar yaratish imkonini beradi. 
Jinoyat qonuni ushbu huquq sohasining yagona manbai hisoblanadi. 
Boshqa hech bir me’yoriy hujjat, sud pretsidenti, sud qarori, urf-odatlar 
uning manbai bo‘la olmaydi.
Jinoyat qonuni tarixan o‘zgaruvchan hujjat hisoblanadi, chunki 
ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanib, o‘zgarib 
borishi jarayonida jinoyat qonuniga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritilishni taqozo etadi. Bu esa o‘z navbatida bu hujjatning tarixan 
o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling