Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Havolaki dispozitsiyada normaning mazmunini aniqlash uchun 
kodeksning boshqa bir normasiga murojaat etiladi. Masalan, Jinoyat 
kodeksining 100- moddasida zaruriy mudofa chegarasidan chetga chiqib, 
qasddan odam o‘ldirish jinoyati berilgan. Zaruriy mudofa holatini aniqlash 
uchun Jinoyat kodeksining 37- moddasiga murojaat qilish lozim. 
Aralash (kombinatsiyalashgan) dispozitsiya dispozitsiya’ning ikki 
yoki undan ortiq elimentlaridan iborat bo‘ladi. Masalan, Jinoyat 
kodeksining 137-moddasi 1-qismiga ko‘ra, ushbu kodeksning 245-
moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmagan holda odam 
o‘g‘irlash jinoyat deb hisoblanadi. Ushbu moddada dispozitsiya’ning ham 
oddiy (odam o‘g‘irlash), ham havolaki (Jinoyat kodeksi 245-moddasida 


56 
nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lmasa) turlari mavjud bo‘lganligi 
sababli “aralash” deb yuritiladi. 
Huquq nazariyasida sanksiyaning quyidagi turlari mavjud: nisbiy 
muayyan, mutloq muayyan, alternativ va havolaki sanksiyalar
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksida nisbiy 
muayyan va alternativ sansiyalarnazarda tutilgan: 
Nisbiy muayyan sanksiya jazo miqdorining muayyan chegarasini 
(qismini yoki eng quyi va eng yuqori qismini) belgilovchi sanksiya. 
Masalan, Jinoyat kodeksining 99-moddasida onaning o‘z chaqalog‘ini 
qasddan o‘ldirgani uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi
qasddan odam o‘ldirganlik uchun 97-moddasi birinchi qismida o‘n yildan 
o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan. 
Alternativ sanksiya ikki yoki undan ortiq jazo turlaridan birini 
qo‘llash imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi. Masalan, Jinoyat kodeksi 
206–moddasi 1-qismida hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga 
chiqqanlik uchun besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yilgacha ozodlikdan 
mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo turlari belgilangan. Alternativ 
sanksiyaning belgilanishi sudyalarga shaxsning ijtimoiy xavfliligiga
qilmishning xususiyatiga qarab jazolardan birini tayinlash imkonini beradi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling