55
Oddiy dispozitsiyada jinoyat tarkibining belgilari ifodalanmasdan,
jinoyatning umum etirof etilgan nomi ko‘rsatiladi. Masalan,
ozodlikdan
mahrum qilish joylaridan qochish jinoyati (222-modda 1-qism). Bunday
dispozitsiyada jinoyatning belgilari ochib ko‘rsatilmaydi. Ba’zan
bunday
dispozitsiyalar «nomlanuvchi dispozitsiya» deb ham ataladi.
Tasvirlovchi dispozitsiyada muayyan
jinoyat turining belgilari
ko‘rsatiladi. Masalan, firibgarlik jinoyatini ifodalovchi 168-moddada
jinoyatning nomi ko‘rsatilmasdan, uning asosiy belgilari ham ko‘rsatib
berilgan: firibgralik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiistexmol qilish yo‘li
bilan o‘zganing mulkini yoki mulkiy huquqini qo‘lga kiritish.
Blanket dispozitsiyada muayyan jinoyatning
belgilari boshqa huquq
sohasiga oid qonunlar yoki me’riy hujjatlar asosida aniqlanadi. Masalan,
Jinoyat kodeksi 200-moddasi dispozitsiyasi,
unda veterinariya yoki
zootexnika qoidalarini buzish xayvon yoki parrandalar epidemiyasi
(epizotiyasi)
tarqalishiga, ularning yalpi qirilib ketishiga yoki boshqa og‘ir
oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa ushbu modda bilan javobgarlikka
tortishga asos bo‘ladi, deyilgan. Veterinariya
qoidalari va zootexnika
qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunlari va Vazirlar
Mahkamasining qarorlari yoki tegishli vazirliklarning yo‘riqnomalarida
belgilab qo‘yilishi mumkin. Jinoyatning obyektiv
tomonini aniqlashda
ushbu qoidalar ko‘rsatilgan hujjatlarga murojaat qilinadi va qaysi qoidalar
buzilganligi aniqlanadi. Blanket dispozitsiya
qonunlarni ixchamlashtirish
va amalda qo‘llanishini osonlashtirishda katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: