Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

to‘rtinchi bo‘lim – “Ekologiya sohasidagi jinoyatlar” uchun Jinoyat 
kodeksi Maxsus qismida birinchi marta alohida bir bo‘limda javobgarlik 
belgilandi. Buni esa Jinoyat kodeksimizning alohida sifat belgisi 
deyishimiz mumkin. Bu bo‘lim quyidagi tartibda tashkil topgan: atrof-
1
Якубов А.с Предпосылки уголовно-правовой реформы в Республики Узбекистан Т., 1994. С.-47 


54 
muxitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar (14 
bob); 
beshinchi bo‘lim – “Xokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari 
organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar” boshqaruv tartibiga 
qarshi jinoyatlar (15 bob), odil sudlovga qarshi jinoyatlar (16 bob); 
oltinchi bo‘lim - “Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi 
jinoyatlar” jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (17 bob), transport 
harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (18 bob), 
giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof 
ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar (19 bob), jamot tartibiga 
qarshi jinoyatlar (20 bob); 
yettinchi bo‘lim – “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi 
jinoyatlar” bo‘ysunish va harbiy shaxsga rioya etish tartibiga qarshi 
jinoyatlar (21 bob), harbiy xizmat o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar (22 
bob), harbiy mulkni saqlash yoki undan foydalanish tartibiga qarshi 
jinoyatlar (23 bob), harbiy mansabdorlik jinoyatlari (24 bob);
sakkizinchi bo‘lim - «Atamalarning huquqiy manosi»da ayrim 
kiritilgan atamalarning huquqiy ma’nosi ochib berilgan. 
Maxsus qism moddalari «xususiy moddalar» deb ham nomlanadi. 
Chunki ularda ko‘zda tutilgan jinoyat turlarining belgilari va unga muvofiq 
jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llanadigan jazo choralari ham 
o‘z aksini topgan. 
Maxsus qism normalari – ijtimoiy xavfli qilmishning belgilarining 
ifodalanuvchi dispozitsiya, jazani turi va o‘lchamini belgilovchi 
sanksiyadan iborat. Dispozitsiyada alohida jinoyatlar va shu jinoyatlarning 
ta’rifi beriladi. 
Jinoyat huquqiy normalarda dispozitsiyaning quyidagi to‘rt turi: 
oddiy, tasvirlov, blanket va havolaki dispozitsiya nazarda tutiladi. 
 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling