Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Birinchi bo‘lim –O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunining 
umumiy qoidalari deb nomlanib, kodeksning vazifalari, prinsiplari 
kodeksning amal qilish doirisini beligilovchi birinchi bob va kodeksning 
O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal qilishi, 
kodeksning O‘zbekiston hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan 
shaxslarga nisbatan amal qilishi, qonunning vaqt bo‘yicha amal qilishini 
belgilovchi ikkinchi boblardan iborat. 
Ikkinchi bo‘lim – “Javobgarlik asoslari” jinoyat tushunchasi, 
jinoyatlarni tasniflash, jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari, 
javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan shaxslar, ayb va uning shakllari, 
jinoyatda ishtirokchilik, takroran jinoyat sodir etish, jinoyatlar majmui, 
retsidiv jinoyat tushunchasini ifodalovchi normalardan iborat. 
Uchinchi bo‘lim – “Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi 
holatlar”, ularning turlari, kam ahamiyatli qilmishlar, zaruriy mudofaa, 
oxirgi zarurat, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida 
zarar yetkazish, bo‘yruq yoki boshqa vazifani ijro etish, kasb yoki xo‘jalik 
faoliyati bilan bog‘liq asosli tovakkalchilik tushunchalarini ifodalovchi 
normalarni o‘z ichiga oladi. 
To‘rtinchi bo‘lim – “Jazo va uni tayinlash” – jazo tushunchasi va 
maqsadlari, jazo tizimi, jazo tayinlashning umumiy asoslari, jozani 
yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar, yengilroq jazo tayinlash
tomom bo‘lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo 
tayinlash, bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash, bir necha 
hukm yuzasidan jazo tayinlash, jazolarni qo‘shishni hisobash qoidalari, 
dastlabki qamoq vaqtini hisobash, jazo muddatlarini hisobash tartibini 
belgilovchi normalardan iborat. 
Beshinchi bo‘lim – “Javobgarlik va jazodan ozod qilish” 
javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan 
javobgarlikdan ozod qilish, qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini 
yo‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish, aybdorning o‘z 
qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan 
javobgarlikdan ozod qilish, yarashganlik munosabati bilan jazodan ozod 
qilish, kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish, amnistiya akt asosida 
javobgarlikdan ozod qilish, jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi 
munosobati bilan javobgarlikdan ozod qilish, shaxsning ijtimoiy 
xavfliligini yo‘qotganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish, 
shartli jazo belgilash, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod 
qilish, jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish, kasallik yoki mehnat 


52 
qobiliyatini yo‘qotishi oqibatida jazodan ozod qilish, sudlanganlik 
tushunchalarini ifodalovchi normalardan iborat. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling