Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


) Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

 
6) Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi. 
Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi hududiylik fuqarolik
universal va aniqlik prinsiplariga asoslanadi. 
Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi haqidagi masala 
muhim siyosiy ahamiyatga egadir, chunki bu masala davlatimizning 
mustaqilligi va suveren huquqi bilan bevosita bog‘liqdir.
Jinoyat qonunining hudud bo‘yicha amal qilishi Jinoyat kodeksing 
11-12 moddalarida berilgandir. Jinoyat kodeksining 11-moddasida 
O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan 
tadbiq etiladigan qoidalar belgilab berilgan. Unga muvofiq qilmish: 
1. O‘zbekiston hududida boshlangan, tomomlangan yoki to‘xtatilgan 
bo‘lsa; 
2. O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa 
O‘zbekiston Respublikasi hududida yuz bergan bo‘lsa;
3. O‘zbekiiston hududida sodir etilib, jinoiy oqibati esa O‘zbekiton 
hududidan tashqarida yuz bergan bo‘lsa; 
Kodeksning amal qilish doirasi 
Kodeksning 
O’zbekiston hududida 
jinoyat sodir etgan 
shahslarga nisbatan 
amal qilishi 
(JK 11-moddasi) 
Qonunning vaqt 
buyicha amal qilishi 
(JK 13-moddasi) 
Kodeksning 
O’zbekiston hududidan 
tashqarida jinoyat sodir 
etgan shahslarga 
nisbatan amal qilishi 
(JK 12-moddasi) 


62 
4. Bir necha qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan 
birgalikda sodir etilgan bo‘lib, uning bir qismi O‘zbekiston hududida yuz 
bergan bo‘lsa, O‘zbekiston hududdida sodir etilgan jinoyat deb topiladi. 
O‘zbekiston bayrog‘i ostida yoki O‘zbekiston portida ro‘yxatga 
olingan dengiz yoki havo kemasi O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lib, 
chet el davlati hududi hisoblanmagan joyda jinoyat sodir etilsa, bunday 
jinoyat uchun ushbu kodeksga muvofiq javobgarlikka tortiladi. 
Jinoyat kodeksi 11-moddasiga binoan jinoyatga tayyorgarlik yoki 
suiqasd qilish chet elda amalga oshirilib, O‘zbekiston hududida tugatilsa 
yoki jinoiy oqibat ro‘y bersa, jinoyat respublika hududida sodir etilgan, 
deb hisoblanadi. Ushbu moddadagi qoidalarga ko‘ra, agar jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rish, dalolat qilish, yordamchilik chet el davlatlarda sodir 
etilsa-yu, bajaruvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qilgan 
bo‘lsa, yoki aksincha, ishtirokchilik O‘zbekiston hududida ro‘y berib, 
bajaruvchi chet elda harakat qilgan bo‘lsa, jinoyat O‘zbekiston hududida 
sodir etilgan hisoblanadi. 
Agar qonunlar, halqaro shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq chet el 
fuqarolarining javobgarligi to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi 
sudlariga tegishli bo‘lmasa, ular O‘zbekiston Respublikasi hududida 
jinoyat sodir etgan holda, halqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinadi.
Jinoyat kodeksining 11-moddasida ifodalangan hududiylik prinsipi 
shuni anglatadiki, bu prinsip davlat hokimiyatining suverinitetidan kelib 
chiqadi va uning huquqda, xususan jinoyat huquqida ifodalanishi 
hisoblanadi. Davlat suvereniteti va hududiylik prinsipi davlat 
hokimiyatining muayayn hudud doirasida chegaralanganligi va uning 
qonunlari ushbu hududdagina amal qilishini anglatadi. O‘zbekiston 
Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan har bir shaxs uning O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs 
ekanligidan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
tegishli moddasi bilan javobgarlikka tortiladi. Yer sharining muayyan bir 
qismida O‘zbekistonning mustaqil hududga ega ekanligi uning suveren 
davlat bo‘lishini taminlaydi. Davlatning hududidi deganda, O‘zyekiston 
suvereniteti ostida bo‘lgan hudud tushuniladi. Bu hudud quruqlik, suv va 
havo yo‘llari chegarasi bilan belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga diplomatik va konsulliklar 
joylashgan chet davlatdagi hududlar ham kiradi. Ular joylashgan hudud 
halqaro huquqning umum etirof etilgan normalariga ko‘ra eksterritorial, 
yani ularda jinoyat sodir etilsa, mahalliy qonunga emas, balki ular qaysi 
davlat fuqarosi bo‘lsa, o‘sha davlatning milliy qonunchiligiga asosan 


63 
javobgarlik masalasi hal qilinadi. Shuning uchun diplomatik 
vakolatxonalar va konsullik muassasalarida sodir etilgan jinoyatlar 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan javobgarlikka tortiladi. 
Respublikada boshqa davlatlarning vakolatxonalari hududida sodir etilgan 
jinoyatlar ham shunday hal qilinadi. Vakolatxona xudidi sifatida nafaqat 
vakolatxona binolari, shuningdek,, bu bino joylashgan yer uchastkasi, 
ushbu davlat hududi yurisdiksiyasida imunitetga ega bo‘lgan vakolatxona 
boshliqlari, xizmatchilari tomonidan egallangan yashash joylari, ularning 
mashinalari ham hisoblanadi. 
Agar jinoyat vakolatxona hududi yoki uning xizmatchilariga qarshi 
O‘zbekiston hududida turib sodir etilsa, O‘zbekiston Respublikasi 
hududida sodir etilgan, boshqa hollarda esa boshqa davlat hududida sodir 
etilgan hisoblanadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling