Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jinoyat qonunini hajmiga ko‘ra sharhlash


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Jinoyat qonunini hajmiga ko‘ra sharhlash esa muvofiq (so‘zma-
so‘z), kengaytirilgan, cheklangan sharhlash turlariga bo‘linadi. 
Muvofiq (so‘zma-so‘z) sharhlash, qonun matniga aynan mos 
ravishda sharh berilishidir, ya’ni normaning manosi va mazmuni uning 
qonundagi matniga mos ravishda so‘zma-so‘z ifodalangan bo‘lishi kerak.
Kengaytirilgan sharhlashda qonunni mazmuni uning matnidan ko‘ra 
kengroq ochib berilishi tushuniladi. Masalan, O‘zekiston Respublikasi 
Oliy Sudi Plenumining “Kontrabanda va bojxona qonunlarini buzish 
to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 1996 yil 27- 
fevraldagi 2-sonli qarorida, Jinoyat kodeksining 246 va 182-moddalari 
dispozitsiyasida nazarda tutilgan ashyolarni tovar va boshqa 
qimmatliklarni bojxona nazoratidan yashirib O‘zbekiston 
Respublikasining bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda o‘tkazish 
deganda, ularni xufiya joylardan va topishni qiyinlashtiradigan usullardan 
foydalanib yoki bir tusdagi ashyoga ikkinchisining ko‘rinishini berib 
o‘tkazish tushinilishi lozimligi kengroq tushuntirib o‘tilgan.
Chegaralangan sharhlash deganda qonun matniga aynan 
belgilangan ma’no berilmay, balki uni chegaralangan ma’noda berish 
tushuniladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-
moddasidagi jinoyatga suiqasd qilish qasddan sodir etiladi. Ammo qasd 
to‘g‘ri va egri qasdlarga (Jinoyat kodeksining 21-moddasi) bo‘linadi. 
Jinoyat kodeksining 25-moddasida qasdning aniq turi ko‘rsatilmagan. 
Jinoyat huquqi fani va sud amaliyotida jinoyat sodir etishga suiqasd qilish 


61 
faqat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladigan jinoyatlarda bo‘ladi, deb 
hisoblanadi. Bunda jinoyat qonuni matnini chegaralab beryapti. 
Chegaralangan va kengaytirilgan sharhlash qo‘llanilganida qonun 
mazmunining xajmini o‘zgartirilishiga, yangi huquqiy normalarning ijod 
qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling