Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Uzoqqa cho‘zilgan, davomli, murakkab tarkibli jinoyatlar sodir 
etilgan joyni aniqlash ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular bir necha 
davlat hududlarida bajarilgan hollarda paydo bo‘ladi. Jinoyat kodeksining 
11-moddasi 2-qismi “g” bandiga muvofiq agar O‘zbekiston hududida 
boshqa qilmishlar bilan qo‘shilib yoki muqobil ravishda yagona murakkab 
jinoyatni vujudga keltirgan harakatlarning faqat bir qismi bajarilgan, 
boshlangan, tugatilgan yoki to‘xtatilgan bo‘lsa, u holda jinoyat 
O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan deb hisoblanishi lozim.
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarning joyini aniqlashda 
bajaruvchining jinoiy xatti-harakatni amalga oshirgan joyi inobatga 
olinishi kerak. Shu boisdan agar tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar 
o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga 
oshirgan, ayni paytda bajaruvchi muayyan jinoyat tartibini qisman yoki 
to‘la O‘zbekiston hududida bajargan bo‘lsa, u holda, bunday jinoyatni 
sodir etilgan joyi O‘zbekiston Respublikasi deb topilib, barcha jinoyat 
ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuninag binoan 
javobgar qilinishi lozim. Tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi o‘z 
vazifalarini O‘zbekiston hududida bajargan bo‘lsa-yu, lekin, bajaruvchi 


65 
jinoyatni mazkur hududdan tashqarida sodir etgan hollarda ham masala 
xuddi shunday hal qilinadi.
Jinoyat kodeksi 11-moddasi 4-qismiga muvofiq, shuningdek, “Chet 
el davlatlarining diplomatik va konsullik vakolatxanalari to‘grisida”gi 
Nizomga ko‘ra, quyidagilar jinoyat yurisdiksiyasidan, ya’ni shaxsiy 
immunitetdan foydalanadilar va daxlsiz hisoblanadilar: 
1) diplomatik vakolatxonalar boshliqlari (elchi, ishonchli vakil); 
2) maslahatchilar; 
3) savdo vakillari va ularning o‘rinbosarlari; 
4) harbiy-dengiz va harbiy havo attashelari; 
5) sekretar–arxivariuslar;
6) ularning oila a’zolari va ular bilan birga yashovchilar. 
O‘zbekiston Respublikasida jinoiy yurisdiksiyadan cheklangan 
darajada konsullik xizmatidagi mansabdor shaxslar, diplomatik 
vakolarxonalar xodimlari, shuningdek, halqaro tashkilotlarning vakillari va 
mansabdor shaxslari, parlament va hukumat delegatsiyalarining azolari 
foydalanadilar. 
Hududiy daxlsizlik huquqidan foydalanuvchi shaxslar doirasi 
manfaatdor taraflarning kelishuviga muvofiq kengaytirilishi mumkin. 
Hududiy daxlsizlik huquqi shuningdek,, diplomatik 
vakolatxonalarning hududi, xizmat va turar joylariga ham taalluqli 
hisoblanadi. Ammo bu huquq diplomatik vakillik funksiyalardan g‘araz
maqsadlarda foydalanish huquqini bermaydi. 
Jinoyat kodeksining 12-moddasi jinoyat qonunida nazarda tutilgan 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling