Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Sof harakatsizlik – qonunda jinoyat deb belgilangan harakatlarni 
bajarmaslikdan iborat bo‘lib, bunda kelib chiqqan oqibatdan qat’i nazar 
harakatni bajarmaganlik faktining o‘zi aybdor shaxsni javobgarlikka 
tortish uchun yetarli hisoblanadi. Masalan, Jinoyat kodeksi 221-, 232-, 
279- moddalarida qonunda belgilangan oqibat kelib chiqqan hollardagina 
jinoyat deb hisoblanadigan harakatsizlik uchun javobgarlik belgilangan.
Aralash harakatsizlikda subyektning texnik yoki ijtimoiy 
jarayonlarga ta’sir qilmasligi tufayli ularga zarar yetkazilishi yoki zarar 
yetkazilish xavfini vujudga kelishiga yo‘l qo‘yib beradi. Aralash 
harakatsizlikning mohiyati shaxsning bartaraf etishi kerak ijtimoiy xavfli 
oqibatni bartaraf qilmasligida ifodalanadi. Masalan, Jinoyat kodeksi 260, 
266, 268, 269- moddalari. 
Harakatsizlikning “sof” va “aralash” shakllari haqidagi olimlarning 
fikrlari harakatsizlikni shakllarga bo‘lish mezoni sifatida harakatsizlikning 
xususiyatini emas, balki jinoiy oqibatlarning qonunda ifodalash usuliga 
asoslangan.
3
 

Jinoyat belgilari. 
 
Jinoyat – huquqiy xodisa sifatida o‘ziga xos jihatlarni ifodalovchi 
ma’lum bir belgilarga egadir. Har qanday ijtimoiy xavfli qilmish ham 
jinoyat hisoblanmaydi, qilmishning jinoyat deb hisoblanishi uchun unda 
jinoyat qonunida o‘rnatilgan belgilar va jinoyat tarkibi mavjud bo‘lishi 
kerak. 
1
“Ugolovnoe pravo”. Obshaya chast. Uchebnik // pod. red. N.I. Vetrova, Yu.I. Lyapunova - M.: Noviy 
Yurist, KnoоRus, 1997. – S. 125. 
2
Vetrov N.I. “Ugolovnoe pravo”. Obshaya chast: Uchebnik dlya vuzov. – М.: Yuniti – DANA, Zakon i 
pravo, 1999. – S. 46, 47 
3
““Ugolovnoe pravo”. Obshaya chast. Uchebnik // pod. red. N.I. Vetrova, Yu.I. Lyapunova - M.: Noviy 
Yurist, KnoRus, 1997. – S. 125, 126. 


78 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida jinoyat belgilarini 
mustahkamlovchi maxsus modda mavjud emas. Shu sababdan jinoyat 
belgilari jinoyat qonunida jinoyatga berilgan ta’rif asosida aniqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 14-moddasi 1-qismida 
jinoyatga quyidagicha ta’rif berilgan: 
“Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish 
(harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb 
topiladi.” 
Jinoyat qonunida berilgan jinoyat tushunchasi uchta jinoyat-huquqiy 
institutdan iborat: 
• 
jinoyat qonuni; 
• 
jinoyat; 
• 
jazo institutlari. 
Ammo shuni alohida ta’kidlash joizki, faqat ijtimoiy xavfli oqibatlar 
keltirib chiqargan qilmishlargina jinoyat hisoblanmay, balki qonun bilan 
qo‘riqlanadigan obyektga real zarar yetkazish xavfini keltirib chiqaradigan 
ijtimoiy xavfli qilmishlar ham jinoyat hisoblanadi. O‘zbekiston 
respublikasi Jinoyat kodeksi 14-moddasi 2-qismida “Ushbu kodeks bilan 
qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar 
yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoliy xavfli qilmish 
hisoblanadi”,-deyilgan.
Bundan ko‘rinib turibdiki, jinoyatga berilgan ta’rifdan kelib chiqib, 
qilmishda jinoyatning barcha belgilari bo‘lsagina u jinoyat deb topiladi. 
Agar muayyan zararli oqibatning kelib chiqishida shaxsning aybi 
bo‘lmasa, bunday qilmish jinoyat hisoblanmaydi. Jinoyat huquqida bunday 
harakatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb aytiladi.
Har qanday ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb hisoblash uchun 
barcha jinoyatlar uchun zarur bo‘lgan jinoyatning belgilari, shuningdek,, 
shu jinoyatda aybning mavjud ekanligi va aybning shakllari ishlab 
chiqilgan, ana shu belgilar va aybning biror shakli mavjud bo‘lsagina 
qilmish jinoyat hisoblanadi. 
Yuqorida jinoyatga berilgan ta’rifdan kelib chiqqan holda 
jinoyatning quyidagi belgilarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1) qilmishning ijtimoiy xavfliligi; 
2) qilmishning huquqqa xilofliligi; 
3) qilmishda aybning mavjudligi; 
4) qilmishning jazoga sazovorligi. 
Birinchi navbatda qonunda jinoyatning belgisi sifatida “qilmishning 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling