Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


birinchidan, Jinoyat kodeksida jinoyat belgilarining formal jihatdan  mavjudligi (formal belgi)da namoyon bo‘ladi;  ikkinchidan


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

birinchidan, Jinoyat kodeksida jinoyat belgilarining formal jihatdan 
mavjudligi (formal belgi)da namoyon bo‘ladi; 
ikkinchidan, ijtimoiy xavfli emasligi, ya’ni shaxs, jamiyat va davlat 
manfaatlariga zarar yetkazmasligi yoki zarar yetkazish xavfini keltirib 
chiqarmasligi (moddiy belgi); 
“Qilmishning kam ahamiyatliligi” tushunchasini aniqlashning 
ahamiyati shundaki, qilmishning qonunda ko‘rsatilgan jinoyatlar bilan 
formal jihatdan mos kelishining o‘zi yetarli bo‘lmasdan, qilmishni jinoyat 
deb topish uchun bundan tashqari qilmish natijasida zarar yetkazilganligi 
va zarar yetkazilishi xavfi mavjudligini ham aniqlanishi lozim. 
Qilmishni “kam ahamiyatlideb topish sud, prokuratura, tergov va 
surishtiruv organlarining vakolatiga kiradi. Agar qilmish “kam 
ahamiyatlilik” belgisiga ega bo‘lsa, jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin 
emas, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi esa jinoyat tarkibi mavjud emasligi tufayli 
tugatilishi kerak. 
Qilmishning kam ahamiyatli ekanligi sodir qilingan qilmishdagi 
belgilar (sodir etish usuli, motivi, maqsadi, darajasi va hk.) orqali bilib 
olinishi mumkin. Jinoyat sodir etilganidan keyingi holatlar – chin 
ko‘ngildan pushaymon bo‘lish, yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda 
qoplash, aybdorning xayotiy faoliyati, oilaviy ahvoli kabi holatlar 
qilmishni kam ahamiyatli deb topish uchun e’tiborga molik emas. 
Demak, ijtimoiy xavflilik jinoyatning moddiy (tashqi) belgisini 
ifodalaydi. Jinoyatning ijtimoiy xavfliligiga ikki guruhdagi omillar: 
1. 
Kriminologik – jinoyatchilikni vujudga keltiruvchi shart-
sharoitlar, sabablar, ularning oldindani olish; 
2. 
Jinoyat-siyosiy – jinoyatchilikka qarshi kurashning asosiy 
yo‘nalishlari, jinoyat qonunchiligining o‘ziga xos xususiyatlari, jazo 
tayinlash amaliyoti ta’sir etadi.
1
Demak, yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda xulosa qilib, quyidagi 
asosiy tushunchalarni ko‘rsatib o‘tish lozim: 
a) 
ijtimoiy xavfli qilmish – jinoyatning obyektiv tarkibini 
ifodalaydi; 
b) ijtimoiy xavflilik qonunda qilmishning jinoiyligini belgilash 
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi; 
c) 
ijtimoiy xavflilik - aybdor shaxsni javobgarlikka tortish uchun 
asos bo‘la oladi; 
1
"Kurs ugolovnogo prava". Obshaya chast. Тom 1: Uchenie о prestuplenii. Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. 
dok. yurid. nauk. prof. N.F. Kuznesovoy i kond. yurid. nauk. dosenta I.М. Тyajkovoy. - М: Izd. Zersalo, 
1999. – S. 128, 129. 


82 
d) ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasi jinoyatlarni 
tasniflashning asosiy mezoni hisoblanadi; 
e) 
ijtimoiy xavflilik – jinoyatlarni jinoiy bo‘lmagan 
huquqbuzarliklardan va kam ahamiyatli hilmishlardan farqlash imkonini 
beruvchi jinoyatning muhim tarkibi hisoblanadi. 
Ijtimoiy xavflilik jinoyatning moddiy belgisi bo‘lsa, jinoyatning 
formal belgisi – uning huquqqa xilofliligi hisoblanadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling