Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Aybning mavjudligi (aybdorlik) belgisi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Aybning mavjudligi (aybdorlik) belgisi – qonun chiqaruvchi 
tomonidan Jinoyat kodeksida jinoyat tushunchasiga aybga jinoyat 
belgilaridan biri sifatida ta’rif berilgan. Aybning mavjudligi belgisi jinoyat 
huquqining “ayb uchun javobgarlik prinsipi”dan kelib chiqib, “Nullum 
crimen, nulla poena sine cupla”, ya’ni “Aybsiz jinoyat ham, jazo ham 
yo‘q”,- degan qoidani o‘z ichiga oladi.
1
Ayb – bu shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi va uning oqibatiga 
bo‘lgan ruhiy munosabatidir. 
Shaxs faqat aybli ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar 
bo‘ladi.
NOTA BENE! 
Aybdorlik tushunchasi Jinoyat kodeksi 20- moddasi mazmuniga ko‘ra, 
“ Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan 
yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etishda aybdor 
deb topilishi mumkinligidan kelib chiqadi”. 
Jinoyat huquqida “aybdorlik” va “ayb” tushunchalari ikki yuridik 
ma’noda ishlatiladi: 
birinchidan, protsessual ma’noda – jinoyat tushunchasi va jinoyat 
sodir etgan shaxsning aybdorligi to‘g‘risida xulosa chiqarishda; 
ikkinchidan, ayb qasd va ehtiyotsizlik shakllaridagi jinoyat 
tarkibining subyektiv tomoni ma’nosida. 
1
"Kurs ugolovnogo prava". Obshaya chast. Тom 1: Uchenie о prestuplenii. Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. 
dok. yurid. nauk. prof. N.F. Kuznesovoy i kond. yurid. nauk. dosenta I.М. Тyajkovoy. - М: Izd. Zersalo, 
1999. – S. 141. 


86 
Jinoyat tushunchasidagi aybli harakat yoki harakatsizlik – ijtimoiy 
xavfli qilmishning qasd yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilishini 
bildiradi.
Aybdorlik jinoyat belgisi bo‘lishi bilan birga jinoiy javobgarlikning 
asosiy belgilaridan biri ham hisoblanadi. 
Aybdorlik shaxsning o‘z qilmishining ijtimoiy xavfliligi va uning 
oqibatiga ruhiy munosabati sifatida quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 
a) 
to‘g‘ri qasd; 
b) egri qasd; 
c) 
o‘z-o‘ziga ishonish; 
d) beparvolik. 
Yetkazilgan zarardan qat’i nazar, hatti-harakat qasddan yoki 
ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan bo‘lmasa, bunday qilmish jinoyat deb 
hisoblanmaydi. 
Har bir huquq sohasi u yoki bu shaxsning ongli faoliyatiga turli 
sharoitlardan qat’i nazar ta’sir qiladi. Jinoyat huquqi aql-idroq va erk bilan 
bog‘liq holda sodir etidgan xulq-atvorni tartibga soladi. Shaxsning 
g‘ayrihuquqiy ongli xulq-atvori esa uning aybdor deb topilishi asos 
bo‘ladi. O‘zi qilmishining ijtimoiy xavfliligini va uning xususiyatini ongli 
ravishda anglagan hamda uni boshqara olgan shaxs jinoiy javobgarlikka 
tortilishi mumkin. Aybsiz jinoiy javobgarlik bo‘lishi mumkin emas, ya’ni 
shaxsning aybi qonunga xilof bo‘lmasa, shaxs aybdor, uning qilmishida 
esa aybning shakllari mavjud hisoblanmaydi. 
Quyidagi holatlardan kelib chiqib shaxsning aybdorligini yoki 
aybsizligini aniqlash mumkin: 
1. 
Shaxsning o‘zi sodir qilayotgan qilmishining ijtimoiy xavfliligi
uning darajasi va xususiyatini tushunishi; 
2. 
Shaxsning sodir etayotgan qilmishi tufayli vujudga keladigan 
oqibatning ijtimoiy xavfliligini tushunishi; 
3. 
Shaxsning o‘z harakatlarini boshqara olishi.
Shaxs o‘z qilmishining faktik tomonidan tashqari ijtimoiy 
ahamiyatini ham ongli ravishda anglay olishi kerak. 
Demak, aybning mavjudligi jinoiy xulq-atvor uchun javobgarlikka 
tortish uchun asos, aniqrog‘i, jinoyat subyekti aybdorligini aniqlashning 
muhim sharti hisoblanadi. Aybdorlik – jinoiy javobgarlik yoshi sifatida 
jinoyat subyektining o‘zi sodir etgan qilmishiga munosabatini ifodalash 
bilan birga aybning belgilaridan biri hisoblanadi, ayb esa shaxsning o‘z 
qilmishiga bo‘lgan ruhiy munosabatini ifodalaydi. 


87 
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib aytish kerakki, shaxs sodir 
qilgan jinoyatida aybning shakli qasd yoki ehtiyotsizlikning mavjudligi va 
faqat shaxsning aybli xulh-atvorigina jinoyat deb hisoblanadi. Aybning 
ruhiy tushunchasi shaxs xulq-atvorining ma’lum bir turi sifatida uning 
muhim belgisi bo‘lib hisoblanadi. 
Jinoyat kodeksi 14-moddasi 1-qismida jinoyat tushunchasiga 
berilgan ta’rifdan kelib chiqib aytish mumkinki, jinoyat qonunida ijtimoiy 
xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etishni taqiqlabgina 
qolmasdan, ular uchun jinoiy jazoni ham belgilab qo‘ygan. Bu esa o‘z 
navbatida jinoyatning “jazoga sazovorlik” belgisini keltirib chiqaradi. 
Bu belgi jinoyat huquqining “javobgarlikning muqarrarligi prinsipi” 
dan kelib chiqadi. 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling