Microsoft Word +++Jinoyat huquqi Umum. Rustambayev 2006. doc


Jinoyatlarning g‘ayriaxloqiy qilmishlardan farqi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/258
Sana17.06.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1546715
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   258
Bog'liq
Jinoyat huquqi Umum.Rustambayev 2006

Jinoyatlarning g‘ayriaxloqiy qilmishlardan farqi. 
Jinoyat va g‘ayriaxloqiy qilmishlarning o‘zaro munosabati 
quyidagicha: 
“Har bir jinoyat g‘ayriaxloqiydir, lekin aksincha emas.”, ya’ni har 
bir jinoyat g‘ayriaxloqiy hisoblansa ham, g‘ayriaxloqiy qilmishlarning 
barchasi ham jinoyat hisoblanmaydi. 
Axloq normalari ayrim hollarda qonunlarni sharhlashda, huquqni 
qo‘llash amaliyotida va qonun chiqaruvchi tomonidan qilmishlarning 
jinoyat yoki jinoyat emasligini belgilash uchun qo‘llaniladi. Masalan, 
xaqorat qaysi vaqtda jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik yoxud 
g‘ayriaxloqiy qilmish hisoblanishini axloq normalari orqali bilib olish 
mumkin. Jinoyatlar bilan g‘ayriaxloqiy qilmishlar bir-biridan obyekti, 
huquqqa xilofliligi, ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra farqlanadi. 
G‘ayriaxloqiy qilmishlarning obyektiga jinoyatlarga nisbatan 
kengroqdir. Insonlar o‘rtasida shunday munosabatlar mavjudki, ular faqat 
axloq normalari bilan tartibga solinadi. Masalan, do‘stlik, sevgi-muhabbat. 
Jinoyat faqat qilmishlarda ifodalanadi, shaxsning xulq-atvoridan 
tashqari, uning fikri, xayoli ham g‘ayriaxloqiy hisoblanishi mumkin. 
G‘ayriaxloqiy qilmishlarning ijtimoiy xavflilik darajasi jinoyatlarga 
nisbatan pastroq hisoblanadi, undan kelib chiqqan zarar esa ijtimoiy-ruhiy 


101
xususiyatga ega: inson sha’ni va qadr-qimmatining kamsitilishi, xudbinlik 
va hokazolar.
Jinoyatdan g‘ayriaxloqiy qilmishlarni farqlovchi eng muhim belgi 
“g‘ayrihuquqiylik” hisoblanadi. Jinoyatlar jinoyat qonuni bilan taqiqlab 
qo‘yilgan bo‘lsa, g‘ayriaxloqiy qilmishlar huquqiy normalar bilan umuman 
tartibga solinmaydi. Axloq normalari yozma va og‘zaki shakllari bo‘lishi 
mumkin. Masalan, Gippokrat qasamyodi – shifokorlarning axloq kodeksi, 
ofitserlik vijdoni kodeksi, jurnalistlarning axloq kodeksi va hokazolar. 
Jinoyat kodeksidagi “insonparvarlik prinsipi” ni belgilashda qonun 
chiqaruvchi axloq normalariga tayanadi. 
Demak, jinoyat boshqa huquqbuzarliklar va g‘ayriaxloqiy 
qilmishlardan quyidagi belgilar bilan farq qiladi: 
1) umumiy obyektiga ko‘ra (jinoyatning obyekti faqat umuminsoniy 
qadriyatlar bo‘lsa, boshqa huquqbuzarliklarning obyekti ancha 
kengroqdir); 
2) ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga ko‘ra (jinoyat tufayli 
boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan jamiyatga ko‘proq, og‘irroq 
zarar yetkaziladi); 
3) g‘ayrihuquqiyligiga ko‘ra (jinoyatlar faqat Jinoyat kodeksi bilan 
taqiqlansa, boshqa huquqbuzarliklar qonun osti me’yoriy hujjatlari 
bilan ham tartibga solinadi, g‘ayriaxloqiy qilmishlar esa axloq 
normalarida belgilangan bo‘ladi); 
4) yetkazilgan zararning miqdoriga ko‘ra (jinoyatlar tufayli boshqa 
huquqbuzarliklarga nisbatan jamiyatga ko‘proq zarar yetkaziladi). 

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling